Turkiyada turizm 1-qism

Turkiyadan UNESCO dunyo meros ro’yxatiga jami 18 ta tarixiy asar kiritilgan. Bulardan biri Go’beklitepa...

Turkiyada turizm 1-qism

 

 

Hurmatli tinchlovchilar!  Yangi bir yil mobaynida Turkiya ovozi radiosi to’lqinlarida muntazam ravishda efirga uzatiladigan “Turkiyada turizm” dasturiga xush kelibsiz!

Turkiyadan UNESCO dunyo meros ro’yxatiga jami 18 ta tarixiy asar kiritilgan. Bulardan biri Go’beklitepa.

Go’beklitepa arxeologik maydonining UNESCO dunyo meros ro’yxatiga kirishiga sabab bo’lgan eng katta xususiyati shundaki, uning tarixdagi eng yirik ibodatgoh bo’lishidir. 12000 yillik o’tmishga ega bo’lgan ushbu tarixiy maskanning ahamiyati 1994 yilda boshlangan qazilma faoliyatlarida namoyon bo’ldi.

Go’beklitepada diametri 30 metrdan iborat bo’lgan doirasimon ob’yektning o’rtasida 2 ta T shaklida 5 metr balandlikda ustun joylashgan. Go’beklitepa territoriyasida kashf etilishini kutayotgan boshqa ibodatgohlarning ham borligi aniqlandi.

Kunimizda ushbu tarixiy asarning insho etilishi va insoniyatning o’sha davrlardagi hayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni topish maqsadida qazilma faoliyatlari davom etmoqda.

Go’beklitepa 12000 yillik tarixi mobaynida tabiiy ravishda kunimizgacha yetib kelganligi uchun muhim arxeologik qoldiqlarni o’zida mujassam qiladi. Neolitik davrga oid bo’lgan bu qoldiqlar insoniyat tarixiga doir bugungacha yotirilmagan juda ko’plab ma’lumotlarni namoyon qiladi.

Go’beklitepa Turkiya janubi sharqida joylashgan Shanliurfa viloyatining O’renjik qishlog’ida joylashgan.

Payg’ambarlar shahri bo’lmish Shanliurfaga yo’lingiz tushsa, baliqliko’l, tarixiy qal’a, arxeologik asarlar namoyish qilinadigan muzeylar, Harran uylari, tarixiy yopiq bozorlarni albatta tomosha qilishni unutmang!

Shu bilan birga, Shanliurfaga xos lazzatli tansiq taomlardan tamaddi qilishni va “mirra” deb atalgan qahvadan ham tatib ko’rishingizni tavsiya qilamiz.

 


Tanlangan kalimalar: Turkiyada turizm , UNESCO , tarix , Go'beklitepa , Turkiya

Aloqador xabarlar