Argentinada 110 million yil avvalgiga oid dinozavr qoldiqlari topildi

Ispaniya va argentinalik olimlar Argentinaning Neuken hududida ilgari fanga ma'lum bo‘lmagan dinozavr qoldiqlarini topishga muvaffaq bo’ldi.

1081843
Argentinada 110 million yil avvalgiga oid dinozavr qoldiqlari topildi

Argentinada olib borilgan qazilma faoliyatlarida 110 million yil avvalgiga oid bo’lgan dinozavr qoldiqlari topildi.

Ispaniya va argentinalik olimlar Argentinaning Neuken hududida ilgari fanga ma'lum bo‘lmagan dinozavr qoldiqlarini topishga muvaffaq bo’ldi.

Bundan 110 million yil avval yashagan dinozavrga “Lavocatisaurus agrioensis” deb nom berilgan, u o‘txo‘r dinozavrlar turiga mansub.

Uning uzunligi 12 metrga yaqin bo‘lgan, yana ikkita dinozavr qoldiqlaridan esa ularning uzunligi olti-yetti metr bo‘lganligi taxmin qilinadi.

“Qazilmalarda topilgan suyaklar dinozavrlarning bosh suyagi, dum qismi, jag’ va tishlaridan iborat. Barcha bo’laklarni birlashtirib, butun skeletni hosil qilishga muvaffaq bo’ldik”,-deya ma’lum qiladi Argentina mahalliy tadqiqotlar komissiyasi a’zosi Jose Luis Karballido.

 


Tanlangan kalimalar: #Argentina , #dinozavr qoldig'i

Aloqador xabarlar