Yaponiyada maktablarda yig'lash darsi beriladi

Mutahassislarning fikricha, sevinch ko’z yoshi yoki qayg’ulanganda ko’z yosh to’kish nerv sistemasini xotirjam qiladi.

1069621
Yaponiyada maktablarda yig'lash darsi beriladi

Yaponiyada maktab va ishxonalarda o’quvchilar va xodimlarga ruhiy (psixik) salomatlikni saqlash sirlari va stressdan uzoq turish sirlarini o’rgatish uchun dars beriladi.

The Japan Times gazetasining xabariga ko’ra, Yaponiyada maktab o’quvchilari va ishchi xodimlar stressdan forig’ bo’lish uchun yig’lashga jalb qilinadi.

Mutahassislarning fikricha, sevinch ko’z yoshi yoki qayg’ulanganda ko’z yosh to’kish nerv sistemasini xotirjam qiladi.

Litseyda o’qituvchilik qilgan 43 yoshdagi Hidefumi Yoshida ismli ayol “ko’z yoshi o’qituvchisi” sifatida 5 yarim yildan beri maktablarda dars berib keladi.

U insonlarga yig’lashning foydalarini anglatadi.

Uning fikricha, yig’lash stressni bostirish uchun eng to’g’ri yo’l, xatto ta’siri kulgu va uxlashdan ham kuchliroq.

Haftada bir marta yig’lash stressiz hayot kechirishning ta’minoti ekanligini ilgari surgan Yoshida, insonlar yig’lashning salomatlik uchun qanchalik foydali ekanligini kashf etish uchun 2014 yildan buyon turli faoliyatlar uyushtirib keladi.

Hozirda Yaponiyada 50dan ortiq xodimga ega bo’lgan ishxonalar uchun stressni yo’q qilish dasturi majburiydir.

Shu sababli, “ko’z yoshi o’qituvchisi” Hidefumi Yoshidaga 2015 yildan beri maktab va shirkatlardan yig’lash darsi berish uchun juda katta talab bor.

 


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #ko'z yoshi , #dars , #yig'lash darsi

Aloqador xabarlar