Erzurumda “Turk dunyosining madaniyat va sport festivali” o’z ishini boshladi

Bugun Erzurumda, “Turk dunyosining madaniyat va sport festivali” o’z ishini boshladi.

Erzurumda “Turk dunyosining madaniyat va sport festivali” o’z ishini boshladi

Bugun Erzurum gubernatorligi, meriya va “Ataturk” nomidagi universitetning qo’llab-quvvatlashi bilan “Gunesh” fondi tomonidan uyushtirilgan “Turk dunyosining madaniyat va sport festivali” o’z ishini boshladi.  

Festivalga Turk respublikalarining bayroqlari va milliy kiyim-kechaklari bilan qatnashgan ko’plab yurttoshlar otlar ishtirokida Ikkita minorali madrasa oldidan, “Shahidlar o’lmaydi, vatan bo’linmaydi” va “Vatan, senga jonim fido” degan sihorlar bilan “Yakutiye” nomidagi shahar maydonigacha yurib bordi.   

Bilal Erdo’g’an maydonda uyushtirilgan ochilish marosimida so’zlagan nutqida, an’anaga aylangan “Turk dunyosi madaniyat va sport festivali”ning beshinchisining Erzurumda o’tkazilayotganligini qayd etdi.

Mamlakatda turk urf odatlarining saqlab qolinishi uchun bunday tadbirlarning ortgan ravishda davom etganligiga e’tibor qaratgan Bilal Erdo’g’an, “Oxirgi ikki yilda turli sabablar bilan Mo'g'uliston, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Bosniya va Gertsegovina, Sanjak, Iordaniya kabi ko’plab joyni ziyorat qilish baxtiga muyassar bo’ldim. Ana shunda millionlab, yuz millionlab insonlarning Turkiyadan, Anqaradan, Istanbuldan umidvor ekanliklarini payqadim. Shunday ekan bizning ularga o’zlariga bo’lgan ishonchini tug’dirib, yo’l-yo’riq ko’rsatishimiz darkor. Bu, ularning kelajagi jihatidan ham katta ahamiyat kasb etadi” dedi.



Aloqador xabarlar