TIKA, Pokistonda madia va robot laborotoriyasini xizmatga qo'ydi

TIKA, Pokistonning Talagant shahridagi Beytusellam Ta'lim Fondi qoshida madia va robot laborotoriyasini xizmatga qo'ydi.

tika pakistan.jpg
tika pakistan robot.jpg

Turk Hamkorlik va Koordinatsiya agentligi (TIKA), Pokistonning Talagant shahridagi Beytusellam Ta'lim Fondi qoshida madia va robot laborotoriyasini xizmatga qo'ydi.

Ochilish marosimiga Turkiyaning Islomobod favqulodda elchisi Ihsan Mustafa Yurdakul, TIKA Islomobod koordinatori Emre Aktuna bilan ko'p sonda talaba qatnashdi.

Tahminan 700 talabaga xizmat beradigan laborotoriyaning ochilishida so'zlagan Yurdakul, "Turkiya bilan Pokiston o'rtasida chuqur qardoshlik rishtalari mavjud. So'ngi davrlar uyushtirilgan ziyoratlar ham kuchli aloqalarimizning namunasidir" deb maruza qildi.

Yurdakul, Turkiyaning Pokistonni asosan ta'lim va madaniy sohada qo'llab-quvvatlashga davom etishini ham qayd etdi.

Beytusellam Ta'lim Fondi direktori Mufti Vakar ham TIKAga minnatdorlik bildirib, "Qishloqlar va rivojlanmagan hududlardagi bolalariga ta'lim imkoniyati yaratgani uchun Turkiyaga minnatdormiz. Bu laborotoriya do'stigimizning ramzi bo'ladi va bu yerdan sifatli ta'lim berish imkoni bo'ladi" deb ifoda etdi.

Pokistonda ilk navbatda bo'lgan ta'lim sohasiga kirtiladigan o'zgarishlarga TIKA alohida ahamiyat bermoqda. TIKA, maktablarda shart sharoitni tiklash, ta'lim vositalari va ashyolari bilan ish sohasida ta'lim kabi faoliyat olib bormoqda.



Aloqador xabarlar