Rihannaga vatani Barbarosda hukumat tomonidan "elchi" unvoni berildi

2008 yildan buyon madaniyat elchisi bo'lib kelgan Rihanna: "Men uchun bunday oliy bartabali unvonga loyiq bo'lish katta sharafdir",-dedi.

Rihannaga vatani Barbarosda hukumat tomonidan "elchi" unvoni berildi

 

Dunyo bo'ylab taniqli san'atkor Rihannaga vatani Barbarosda hukumat tomonidan "elchi" unvoni berildi.

To'liq ismi Robyn Rihanna Fenty bo'lgan san'atkor "Barbarosning g'ayrioddiy va to'liq mas'uliyatga ega elchisi" unvoniga muyassar bo'ldi.

U, ushbu yangi unvon bilan Barbarosda ta'lim, turizm va investitsiyaga jalb qilishdan mas'ul bo'ladi.

Barbaros bosh vaziri Mia Amor Mottley: "Rihanna o'z vatanini juda sevgan san'atkor. U, asosan ta'lim va salomatlik sohalari bo'yicha xalqqa yordam berib keladi. Shu sababli unga "elchi" unvonini taqdim etganimdan baxtiyorman",-dedi.

2008 yildan buyon madaniyat elchisi bo'lib kelgan Rihanna: "Men uchun bunday oliy bartabali unvonga loyiq bo'lish katta sharafdir",-dedi.

"Mas'uliyat olishga tayyorman va hayajondaman. Barbaros uchun bosh vazir bilan hamkorlik qilishni sabrsizlik bilan kutaman",-dedi Rihanna.

Juda ko'p musiqiy albomga ega bo'lgan san'atkor Rihanna Karayiplarda bir orol mamlakati bo'lgan Barbarosning Saint Michael shahrida tug'ilgan bo'lib, u poytaxt Bridgetovnda katta bo'lgan.

Rihannaning qobiliyati yoshlik chog'larida amerikalik bir prodyusser tomonidan kashf qilingandi.

 


Tanlangan kalimalar: Barbaros , elchi unvoni , unvon , Rihanna

Aloqador xabarlar