Fransiyaning poytaxti Parijda terror qurbonlari yodga olindi

Fransiya terrorizm qurbonlari jamiyati bilan terrorchilik va fojia qurbonlari milliy federatsiyasi poytaxt Parijning “Invalides” maydonida xotira marosimi o’tkazdi.

Fransiyaning poytaxti Parijda terror qurbonlari yodga olindi

Fransiyaning poytaxti Parijda terror qurbonlari yodga olindi.

Fransiya terrorizm qurbonlari jamiyati bilan terrorchilik va fojia qurbonlari milliy federatsiyasi poytaxt Parijning “Invalides” maydonida xotira marosimi o’tkazdi.

Tadbirda mamlakat prezidenti Emmanuel Makron so’zga chiqdi.

U so’zlagan ma’ruzasida Fransiyada terror qurbonlari uchun xotira muzeyi tashkil qilinishini ma’lum qildi.

Mamlakatda terror qurbonlari xotirasiga atab muzey tashkil qilinishini ma’lum qilgan Makron terrorizmga qarshi kurashni yanada kuchaytirishini bildirdi.

Makron Fransiyada terror qurbonlarini xotirlash uchun milliy rasmiy kun e’lon qilishga qaror berganligini ta’kidladi.

Uning so’zlariga ko’ra, rasmiy kun terror qurbonlariga doir faoliyat olib borayotgan jamiyatlar bilan maslahatlashgan holda belgilanadi.

Shuningdek, mamlakatda terrorizmdan jabrlangan insonlarni qo’llab quvvatlash maqsadida faoliyatlar ko’paytiriladi. Buning uchun yil oxirigacha milliy manba markazi tashkil qilinadi.

Fransiyada sodir bo’lgan terror hujumlarida 2015 yildan buyon 230dan ortiq kishi qurbon bo’lgan.

Mamlakatda 2015 yilning 13 noyabr kuni 130 kishining hayotiga zomin bo’lgan terror hujumlaridan so’ng e’lon qilingan favqulodda holat rejimi 2017 yilning 1 noyabr kuni bekor qilingan edi.

Bu jarayonda terrorizmga qarshi kurash qonuniga ba’zi o’zgarishlar kiritilgan holda, favqulodda holat rejimi doirasidagi ba’zi tartibotlar doimiylashtirilgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: terror qurbonlari , Emmanuel Makron , Parij , Fransiya

Aloqador xabarlar