Ostonada “Istanbul kechasi” deb nomlangan tadbir uyushtirildi

Qozog’iston poytaxti Ostonada Turk oshxonasining milliy va lazzatli taomlari tortilgan “Istanbul kechasi” deb nomlangan tadbir uyushtirildi.

Ostonada “Istanbul kechasi” deb nomlangan tadbir uyushtirildi

Qozog’iston poytaxti Ostonada Turk oshxonasining milliy va lazzatli taomlari tortilgan “Istanbul kechasi” deb nomlangan tadbir uyushtirildi.

Ostonada faoliyat olib borayotgan bitta Turk mehmonxona yetakchisi va Qozog’istondagi diplomatlar klubi tomonidan uyushtirlgan tadbirda, poytaxtdagi xorijiy elchixona vakillaridan tashqari ko’plab mehmon ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga lazzatli Turk taomlaridan do’ner, pide, sarmadan tashqari salat va shirinliklar tortilar ekan ayni vaqtda Turk musiqasi ijro etildi.

Tadbirni tashkil etuvchilardan Tansel Terjan, tadbirning bir oyda ikki marotaba uyushtirilajagini eslatgan holda,

“Istanbul kechasi deb nomlangan tadbirimiz bundan buyon ham davom etadi. Unda Turk oshxonasining noyob milliy va lazzatli taomlari bilan xizmatingizda bo’lamiz” dedi.

Qozog’iston bilan Turkiyaning madaniy jihatidan bir-biriga tig’iz yashagan xalqlardan ekanligiga e’tibor qaratgan Terjan,    

“Turk oshxonasining milliy lazzatlari va taomlari bugungi kunda dunyoda mashhur va hamma tomonidan katta e’tibor qozongan vaziyatda. Shuning uchun ham huddi mana shunday tadbir uyushtirishni loyiq deb topdik” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar