Shakira turkiyalik san’at shaydolari oldida, Istanbulda qo’shiq kuyladi

Kolumbiyalik taniqli qo’shiqchi, 11 yil ortidan takror turkiyalik san’at shaydolari oldida, Istanbulda qo’shiq kuyladi.

shakira istanbul konseri1.jpg

Kolumbiyalik taniqli qo’shiqchi, 11 yil ortidan takror turkiyalik san’at shaydolari oldida, Istanbulda qo’shiq kuyladi.

Oxirgi albomi “El Dorado” bilan gastrol safariga chiqishi doirasida “Vodafone Park”da konsert bergan taniqli qo’shiqchining konsert dasturiga qiziqish juda katta bo’ldi.

Qo’shiqchi konsertning boshida o’zini tinglagani kelgan xalqni turk tilida “Merhaba” deb salomladi.

Qariyb 2 soat davom etgan konsert mobaynida Shakira,

“Istanbul, sizni bu yerda ko’rganimdan xursandman. Meni bu yerda mehmon qilganingiz uhcun kattakon rahmat. Istanbulga kelmaganimga ancha bo’lgan edi. Bularning hammasi sizning do’stligingiz soyasida amalga oshdi. Bu oqshom bu yerda bo’lishligim, sizning soyangizda” degan ifodalarga o’rin berdi.

Konsert yakunida sehrli oqshom o’tkazganligini tilga olgan taniqli qo’shiqchi, “Sizni takror ko’rishni xohlayman Turkiya” degan so’zlari orqali sahna bilan hayrlashdi.


Tanlangan kalimalar: El Dorado , Istanbul , Shakira

Aloqador xabarlar