Livanlik taniqli san’atkor Nancy Ajram Istanbulda konsert berdi

Konsert dasturi oldidan intervyu bergan Ajram Istanbulni juda yaxshi ko’rishini aytib, “Istanbul men uchun juda chiroyli shahar. Bu yerga kelganimdan baxtiyorman”,-dedi.

Livanlik taniqli san’atkor Nancy Ajram Istanbulda konsert berdi

 

Livanlik taniqli san’atkor Nancy Ajram Istanbulda konsert berdi.

Konsert dasturi oldidan intervyu bergan Ajram Istanbulni juda yaxshi ko’rishini aytib, “Istanbul men uchun juda chiroyli shahar. Bu yerga kelganimdan baxtiyorman”,-dedi.

“Bu Istanbulga birinchi kelishim emas. Bundan oldin ham kelganman Istanbulga. Yoqtirgan joyimda konsert berishni xohlayman. Shu sababli Istanbulga keldim. Bu safar ramazon bayramiga to’g’ri kelgani uchun ayni paytda dam olmoqchi bo’ldim. Men joylashgan mehmonxonaning atrofini aylandim. Har kelishimda ko’chalarni aylanib chiqaman”,-dedi u.

Kecha oqshom konsert bergan san’atkor “Ma Tegi Hena”, “Ya Ghali”, “El Donia Helva”, “Ehsas Jedid”, “Akhasmak Ah” nomli qo’shiqlarini ijro etdi.

Nancy Ajram Livan poytaxti Bayrutda tug’ilgan.

U 15 yoshida bir tanlovga qatnashadi va shundan keyin uning yulduzi porlay boshlaydi.

U ilk “Mihtagalak” nomli musiqiy albomini 1998 yilda chiqargan.

Ikkitasi bolalarga mo’ljallangan bo’lib, jami 11 ta musiqiy albomga ega bo’lgan san’atkorning oxirgi musiqiy albomi “Hassa Beek” 2017 yilda muxlislar e’tiboriga havola qilingan.

Kariyerasi mobaynida juda ko’plab mukofotlarga sazovor bo’lgan Ajram xozirda arab dunyosining eng mashhur san’atkorlaridan biridir.


Tanlangan kalimalar: konsert , Istanbul , Nancy Ajram , Livan

Aloqador xabarlar