Bugun Turkiyada “Onalar kuni” nishonlanmoqda

Bu dunyoda bizni evaziga hech nima talab qilmagan holda yaxshi ko’rgan, ayagan, bizni tushungan, kechirgan, biz uchun fidokorlik qilgan yagona inson onalardır.

Bugun Turkiyada “Onalar kuni” nishonlanmoqda

Har yili bo’lganidek bu yil ham Turkiyada, may oyining ikkinchi haftasining yakshanba kunida yilning eng muhim, eng ajoyib bayrami “Onalar kuni” nishonlanmoqda. Onalar kuni bizni o’z qornida to’qqiz oy ko’tarib yurgan, bizni dunyoga olib kelgan, bizni deb ko’p qiyinchiliklarga duchor bo’lgan, ta’lim-tarbiya bergan, kamiga biz xursand bo’lsak “xursand”, xafa bo’lsak “xafa” bo’lgan, o’zlariga qaraganda ko’proq bizni o’ylab, kuyungan onajonlarimizni hurmat va ehtirom ila yodga olishimizga imkon bergan ajoyib bir kunlardan yana bittasi xolos desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu dunyoda bizni evaziga hech nima talab qilmagan holda yaxshi ko’rgan, ayagan, bizni tushungan, kechirgan, biz uchun fidokorlik qilgan yagona inson onalardır. Shunday ekan keling azizlar, bugun ularni bayram bilan tabriklab, minnatdorchilik bildiraylik. Sovg’alarimizu, mehrimizni ayamaylik. Eng muhimi ularni e’tiborsiz, bizsiz, yolg’izlatib qo’ymaylik.     



Aloqador xabarlar