Badavlat hindlar uchun Turkiyada to'y qilish odatga aylanmoqda

Turkiyaning turistik Mug’la viloyati Bodrum tumanida tillarga doston bo’lgan hind to’yi bo’lib o’tdi.

Badavlat hindlar uchun Turkiyada to'y qilish odatga aylanmoqda

Turkiyaning turistik Mug’la viloyati Bodrum tumanida tillarga doston bo’lgan hind to’yi bo’lib o’tdi.

Hashamatli mehmonxonaga oid orolcha hindlarga xos bo’lgan “Mehendi” xina marosimi uchun ajratildi.

To’yga kelgan mehmonlarning ko’pchiligi orolchaga lyuks yaxtalarda kelishdi.

Mehtar guruhi jo’rligida orolga kirib kelgan kelinni kuyov to’ra kutib oldi.

Mehmonlarga salom bergan kuyov Piyush Bansal va kelin Divya Aggarvalga hind urf-odatlariga ko’ra qo’llariga xina qo’ydilar.

Ushbu to’y marosimida xorijdan keltirilgan 55 nafar usta oshpaz xizmat qildi.

Shuningdek, taxminan 1500 kishi hindistonlik mehmonlar xizmatiga muntazir bo’ldi.

Hindistonlik taniqli tadbirkorning oilasi va yaqinlari Bodrum aeroportiga 3 ta samolyot va 15 ta shaxsiy jet samolyotlarda kelishdi.

Hindistonlik to’y egasi bo’lmish Bansal oilasi mehmonlar uchun Bodrumdagi 5 yulduzli ikkita mehmonxonani ijaraga oldi.

4 kun davom etgan to’y marosimiga taxminan 5 mln dollar mablag’ sarf qilingani ma’lum bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: Bodrum , to'y marosimi , Hindiston , hind to'yi , Turkiya

Aloqador xabarlar