• Video galereya

Ruminiyaning poytaxti Bukreshda chiroq festivali o’tkazildi

Bukreshdagi eng mashhur binolar, teatrlar, muzeylar va vazirlik binolari lazer nurlar bilan yoritildi.

Ruminiyaning poytaxti Bukreshda chiroq festivali o’tkazildi

Ruminiyaning poytaxti Bukreshda chiroq festivali o’tkazildi.

Shu yilning 12-15 aprel kunlari bo’lib o’tgan festivalga o’n minglab insonlar qatnashdi.

Bukreshdagi “Zafar” ko’chasida transport qatnovi to’xtatildi va ko’chadagi 27 ta bino devorlari rang-barang chiroqlar bilan bezatildi.

Festival munosabati bilan turli mamlakatlardan san’atkorlar o’z repertuarlarini namoyish qildilar.

Bukreshdagi eng mashhur binolar, teatrlar, muzeylar va vazirlik binolari lazer nurlar bilan yoritildi.

Ko’z qamashtirgan bu festival 2015 yildan beri o’tkazilib kelinadi.


Tanlangan kalimalar: chiroq festivali , Bukresh , Ruminiya

Aloqador xabarlar