Turkiyaning yana bir shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi

Ushbu e’lon Qozog’istonning Turkiston shahrida uyushtirilgan TURKSOY Doimiy kengashining navbatdagi yig’ilishida TURKSOY tarkibidagi a’zo davlatlarning Madaniyat vazirlari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi.

861919
Turkiyaning yana bir shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi

Turkiyaning Kastamonu viloyati Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY tomonidan 2018-yil uchun “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilindi.

Ushbu e’lon Qozog’istonning Turkiston shahrida uyushtirilgan TURKSOY Doimiy kengashining navbatdagi yig’ilishida TURKSOY tarkibidagi a’zo davlatlarning Madaniyat vazirlari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi.  

Yig’ilishda Turkiya nomidan respublikaning Madaniyat va turizm vaziri o’rinbosari Huseyin Yayman ishtirok etar ekan Yayman o’z so’zida bu loyihaning shaharlarning kuchiga-kuch, sifatiga-sifat qo’shadigan muhim va ajoyib loyiha ekanligini qayd etdi.

Yayman shuningdek,

“Turk dunyosining madaniy poytaxti loyihasi doirasida 2013-yili Eskishaharda bo’lib o’tgan Turk xalqlari madaniyat bayramining navbatdagi sonini o’tkazish niyatidamiz. Shu fursatdan foydalnib 2018-yil uchun yurtimizning betakror turk shahri hisoblangan Kastamonuning tanlanishidan minnatdormiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

2018-yili TURKSOYning tashkil topilishining 25-yilligining ham nishonlanishiga e’tibor qaratgan Yayman,

“Esda qolarlik va kelajakda avloddan avlodga o’tqazib beriladigan bir yo’l bolishi uchun Turkiya sifatida, vazirlik va idorachilar bo’limi sifatida loyiha uchun muhim imkonlar taqdim etamiz va sizlarni Turkiyada mehmon qilishdan xursand bo’lamiz” deya gapirdi.

Qariyb 375 ming kishilik Kastamonu qadimiy tarixi, madaniy markazlari va tabiati jihatidan hammaning e’tiborini o’ziga qaratmoqda.

Viloyat hududining 65 foizi o’rmon bilan qurshalgan, flora va faunaga ega bo’lgan Kastamonu ayni vaqtda turli yovvoyi hayvonlarga ham mezbonlik qilmoqda.

Roppa-rosa 170 kilometrlik qirg’og’i bilan Qora dengizning eng uzun sohil boyi bo’lish xususiyatiga ega bo’lgan Kastamonuda dunyoning eng muhim kan’onlarining biri hisoblangan Valla kan’oni, dunyoning eng yirik g’orlaridan biri bo'lgan Ilgarini g’ori, Gideros ko’rfazi va shalolalari kabi tabiiy boyliklari o’rin olgan.

 



Aloqador xabarlar