Velosiped orqali Londondan yo’lga chiqqan Planeur va nihoyat Turkiyada

Londonda ofitsiant bo’lib ishlagan tabiat shaydosi va aslida fransuz millatiga mansub bo’lgan Planeur, chet mamlakatlarni velosiped orqali aylanib chiqish haqida qaror qabul qilib, shu doirada joriy yilning 5-mayi kuni yo’lga chiqqan edi.

janick planeur1.jpg

Angliya poytaxti Londondan velosiped orqali yo’lga chiqqan 56 yoshidagi Janick Planeur roppa-rosa 12 ming 255 kilometrlik masofani bosib o’tib va nihoyat Turkiyaning Aydin viloyatiga yetib keldi.

Londonda ofitsiant bo’lib ishlagan tabiat shaydosi va aslida fransuz millatiga mansub bo’lgan Planeur, chet mamlakatlarni velosiped orqali aylanib chiqish haqida qaror qabul qilib, shu doirada joriy yilning 5-mayi kuni yo’lga chiqqan edi.

Yevropadagi 9 davlatni aylanib chiqqanidan keyin Turkiyaga kelgan Planeur, mamlakatning turli shaharlarida bo’ldi. Hozirda esa Gretsiyaga ketish uchun mamlakatning Aydin viloatiga keldi.  

Pardoz-andoz qilib o’zini bezash va ko’z-ko’z qilish kabi holatlardan iroq ekanligini qayd etgan, tabiat qoynida umr surishga harakat qilgan Planeur, o’z yurtiga may oyida qaytish niyatida.

Turkiya haqidagi fikrini ham bayon etgan Planeur, bu haqida:

“Turklar judayam yahshi, mehmondo’st va nozik xalqdir. Ovqat qilib meni mehmon qildilar. Kamiga kiyim-kechagimni yuvib berganlar ham bo’ldi. Turkiya haqiqatdan ham yirik bir o’lka. Tog’lari judayam ko’p. Bu yerda turli tarixiy joylar va geografik go’zalliklar mavjud. Ayniqsa yo’llari menga judayam yoqdi desam mubolag’a bo’lmaydi. Turkiyada bo’lishlik ajoyib tuyg’u. Bu yerda eng avvalo o’zingizni xavfsiz deb his qilasiz. Masalan Meksika va Braziliya Turkiyadagidek xavfsiz emas” dedi.

 



Aloqador xabarlar