Ankarada Xalqaro turk tili qurultoyi bo'lib o'tmoqda

13-16 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan qurultoyga O’zbekistondan 15dan ziyod tilshunos olimlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqdalar.

Ankarada Xalqaro turk tili qurultoyi bo'lib o'tmoqda

Ankara shahrida Turkiya strategik tadqiqotlar markazi va Turk tili kengashi hamkorligida xalqaro qurultoy o’tkazilmoqda.

Maqsad turkcha ustida ilmiy tadqiqot olib borayotgan yosh tadqiqotchilar va tilshunos olimlar ishtirokida tilshunoslik sohasidagi muammolarni talqin qilish va bu muammolarni hal qilish yo’llarini izlashdir.

13-16 noyabr kunlari bo’lib o’tadigan qurultoyga xorij mamlakatlardan ko’plab tilshunos olimlar va akademiklar ishtirok etmoqda.

Jumladan, O’zbekistondan ham 15dan ziyod tilshunos mutahassislar qurultoyda o’z ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar.

O’zbekistondan proffessor Nasimxon Rahmonov "Turkcha va uning maqomi:Turkologiya tadqiqotlari bizni birlashtirishga xizmat qilishi kerak”,

Dotsent Ma'rufjon Yo’ldoshev "XX asr boshlarida o’zbek jadidlarining til va alifbo bilan bog’liq faoliyatlari”

Tilshunos Dilafruz Qalandarova "O’zbek tilida nashr qilingan “Zamonaviy turk she’ri” kitobi ustida”

Dotsent Ma’sudxon Ismoilov va Abrorxon Akbarov “Muhammad Rizabey Hokisor va asarlarining turk leksikologiyasidagi o’rni”

Dotsent Tohir Qahhor  “Mushtarak aloqa tili va turkchadan o’zbekchaga tarjimaning ba’zi masalalari”

Professor Zulhumor Xolmanova “XV- XVI asrlarda turk kalimasining ma’nolari”

Dotsent Abdumurod Tilavov “O’zbekiston ta’lim sistemasida turk tili va adabiyoti”

Dotsent Nilufar Sadullayeva “Turk, o’zbek va ingliz tillaridagi maqollarning ba’zi xususiyatlari”

Tilshunos Gulnoz Sattorova “Qoraqush yulduzining siri” hikoyasida til falsafasi”

Tilshunos G’ulom Mirzayevich Ismoilov “Turk iboralarida “Oq” va “Qora” tushunchasining ideo-etnik xususiyatlari”

Aspirant Dincher Barchin Shukurova “Devonu Lug’atit Turkning xususiyatlari”

Professor Shohida Sharobiddinova “O’zbekchada ismlarning qo’llanilishi bilan bog’liq o’ziga xos xususiyatlar”

Professor Laylo Raupova “Madaniy tilshunoslik va sotsiopragmatik tadqiqotlarni talqin qilish jarayonida turk tillarining o’rni”

Mahfuzaxon Xomidova “Intertextualistics in the Epos of Alisher Navoi - Lison ut-tayr”

Professor Bahtiyor Karimov “O’rta turk tili vositasida turkchaning qo’llanilishini kengaytirish”

Dotsent Muyassar Saparniyozova “O’zbekistonda alifbo va imlo islohotlari”

Sabohat Bozorova “O’zbek va turk maqollarining qiyosiy talqini”

Professor Juliboy Eltazarov “Alifbo almashtirish fenomenining ildizi qayerga borib taqaladi”

Professor Muhammab Qurbonova “O’zbekistonda alifbo va imlo masalasi”



Aloqador xabarlar