Turkiyaning sobiq bosh vaziri Bulent Ejevit xotirlandi

Turkiyaning sobiq bosh vazirlaridan biri taniqli siyosatchi Bulent Ejevit vafotiga 11 yil bo’ldi.

Turkiyaning sobiq bosh vaziri Bulent Ejevit xotirlandi

Turkiyaning sobiq bosh vazirlaridan biri taniqli siyosatchi Bulent Ejevit vafotiga 11 yil bo’ldi.

Shu munosabat bilan Bulent Ejevit qabri boshida yodga olindi.

Davlat qabristonida bo’lib o’tgan marosimga Demokratik sol partiyasi rahbari O’nder Aksakal va boshqa ko’plab partiya a’zolari ishtirok etdi.

Marosimda Ejevit qabriga gulchambar qo’yildi va hurmat ma’nosida sukut saqlandi, ruhiga fotiha o’qildi.

O’nder Aksakal marosimda Bulent Ejevitning siyosiy hayoti mobaynida vatani va xalqi uchun jon kuydirganini, dunyoda tinchlik o’rnatish uchun siyosat olib borganiga e’tibor qaratdi.

Marhum siyosatchi Bulent Ejevitning turmush o’rtog’i Raxshan Ejevit ham marosimda ishtirok etdi.

U turmush o’rtog’ining qabrini ziyorat qilar ekan, duolar o’qidi.

 


Tanlangan kalimalar: vafot , xotira , Bulent Ejevit

Aloqador xabarlar