Navbatdagi Istanbul Kitob yarmarkasi bugun o’z ishini boshladi

Katta maydonda o’tkazilishi jihatidan dunyoning eng yiriklaridan biri hisoblangan Istanbul Kitob yarmarkasiga har yili qariyb yarim million kishi tashrif buyurmoqda.

Navbatdagi Istanbul Kitob yarmarkasi bugun o’z ishini boshladi

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush bilan Janubiy Koreyaning Anqaradagi elchisi Cho Yun Suu Istanbulning Beylikduzu tumanida boshlagan yarmarkaning ochilish marosimida ishtirok etdi.  

Marosimida, ham turkiyalik ham da janubiy koreyalik san’atkorlar tomonidan kichik konsert dasturi berilar ekan Madaniyat va turizm vaziri Janubiy Koreya stendiga uchradi.

Katta maydonda o’tkazilishi jihatidan dunyoning eng yiriklaridan biri hisoblangan Istanbul Kitob yarmarkasiga har yili qariyb yarim million kishi tashrif buyurmoqda. 

Roppa-rosa 820 ta nashriyot uyi ishtirok etgan yarmarkaning bu yilgi faxriy yozuvchisi Ayla Kutludir.

Aytib o’tish joizki Janubiy Koreyadan tashqari dunyoning turli davlatlaridan ko’plab yozuvchi ham yarmarka uchun Istanbulga tashrif buyurdi.

Yarmarka davomida 300 ta madaniy tadbir o’tkaziladi.  

Istanbul Kitob yarmarkasi 12-noyabr kuni oqshom vaqtigacha davom etadi.



Aloqador xabarlar