Yamanda, qariyb 4.5 million bola maktabsiz qolishi mumkin

UNICEFning ogohlantirishiga ko’ra, Yamanda ishlayotgan o’qituvchilarning maoshlari to’lanmagudek bo’lsa unda qariyb 4.5 million o’quvchi ta’lim olgan ko’plab maktab, yangi o’quv yilida o’z faoliyatini davom ettirolmaydi.

Yamanda, qariyb 4.5 million bola maktabsiz qolishi mumkin

Agar Yamanda, o’qituvchilarning bir yillik maoshlari to’lanmagudek bo’lsa unda qariyb 4.5 million bola yangi o’quv yilida maktabsiz qolishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi UNICEFning ogohlantirishiga ko’ra, Yamanda ishlayotgan o’qituvchilarning maoshlari to’lanmagudek bo’lsa unda qariyb 4.5 million o’quvchi ta’lim olgan ko’plab maktab, yangi o’quv yilida o’z faoliyatini davom ettirolmaydi.

Yaman hukumatiga qarshi kurashgan Xusilar tomonidan nazorat ostiga olingan mintaqalarda daromad manbaalarining bosib olinishi tufayli, Ta’lim vazirligi xodimlari bilan o’qituvchilarning o’tgan yilning oxirgi oylaridan beri maoshlarini ololmaganligi aytilmoqda.

Poytaxt Sanadagi Ta’lim va tarbiya kasaba uyushmasi ham o’qituvchilarning roppa-rosa 9 oydan beri maoshlarini ololmaganliklariga e’tibor qaratib, o’qituvchilarni bunga norozichilik bildirishga undagan edi.  

Yaman, ikki yildan ortiq vaqtdan beri Xusilar va ularni qo’llab-quvvatlagan sobiq Prezident Ali Abdulloh Solih tarafdorlari bilan qonuniy hukumat kuchlari o’rtasidagi to’qnashuvlarga sahna bo’lib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: maktab o'quvchilari , Yaman , UNICEF

Aloqador xabarlar