Oila haftasida, oilaviy hayotdan shodlanaylik

Turkiya bugundan e'tiboran oila haftasini nishonlamoqda.

Oila haftasida, oilaviy hayotdan shodlanaylik

Oila jamiyatning eng asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Chunki oila jamiyat kelajagini shakllantirish jarayonida eng muhim vazifalardan birini bajaradi. U eng avvalo bir insonni voyaga yetkazib, ijtimoiy qadriyatlar va milliy an’analarni avloddan-avlodga yetkazib berishda eng asosiy rol o’ynaydi. Shuning uchun ham uni saqlash va mustahkamlash maqsadida yuritilgan faoliyatlarimizni yana da oliy bosqichga olib chiqishimiz darkor.  

Shu doirada bugundan e’tiboran Turkiya “Oila haftasi”ni nishonlamoqda. Bir inson hech shubhasiz eng yaqin do’stini oila a’zolari davrasidan topadi. Bir insonning baxtli voyaga yetishida oila sevgisi, oila hurmati, oila mehri, qolaversa oila do’stligi shunchalik muhimki u yaxshi va yomon kunlarda ba’zan kuch-quvvat, ba’zan qo’l-qanot bo’ladi. Shunday ekan keling, oilaviy hayotdan shodlanaylik.

Oila haftasi barcha barchangiz uchun, yaxshilik olib kelishini tilab qolamiz.

 


Tanlangan kalimalar: Oila haftasi , jamiyat , Oila

Aloqador xabarlar