Turkiyaning madaniy xazinalari 31-qism

Van ko’li sohilida joylashgan Bitlis viloyatiga qarashli tarixiy Ahlat shahri haqida ma’lumot...

538854
Turkiyaning madaniy xazinalari 31-qism

 

Bugungi dasturimizda Van ko’li sohilida joylashgan Bitlis viloyatiga qarashli tarixiy Ahlat shahri haqida ma’lumot beramiz.

Ahlat shahri Malazgirt g’alabasi oldidan ya’ni, 1055 yildan boshlab turk hokimiyatiga o’tgan bir hudud hisoblanadi. Ushbu tarixiy jarayon ichida “Qubbatul-islom” ya’ni islom dunyosining eng katta shaharlaridan biri sifatida ta’riflangan joylardan biridir. Ahlat Van ko’liga tutashib ketgan balandlikda joylashgan.

Sulton Alparslan jang qilish uchun qo’shin to’plab Malazgirtga tomon yo’lga chiqadi. Xozirgi kunimizda muzeyga aylantirilgan tarixiy Ahlat shahri turkchilikning Anadoluga hokim bo’lishining timsolidir.

Bu hudud 13-14 asrlarda 300 mingga yaqin aholisi bilan islom dunyosining eng muhim shaharlaridan biri sifatida tan olingan.

Ahlatda mavjud bo’lgan 5 ta Saljuqiy mozorining har biri qimmatbaho san’at asari hisoblangan qabr toshiga ega. Ushbu qabr toshida o’ziga xos yozuvlarni uchratish mumkin. Bularning aksariyati Prof.Dr Beyhan Karamag’arali tomonidan tahlil qilinib, kunimizda turk tiliga tarjima qilingan. Har bir qabr toshi geometrik shakllar bilan bezatilgan.

Saljuqiy   davridagi   mohir   ustalar   o'z hunarlarini   qabr   toshlarida   namoyon   etgan.   Qabr   toshlarida   marhumning xususiyatlari o'rin olgan va marhumga duo qilish so'ralgan.

Ushbu   mintaqada   shaharda   e'tibori   baland   bo'lgan   insonlar   uchun maqbaralar ham insho etilgan. Ushbu maqbaralar orasida me'moriy xususiyatlari bo'yicha eng mashhuri Emir Bayindir maqbarasi bo'lib hisoblanadi. Maqbaralarda Saljuqiylar davri me'morchilik san'atining tengi yo'q xususiyatlari o'rin olgan bo'lib toshlarga go'yoki jon bahsh etilgan. Maqbaralarning orasida g'aroyib bo'lgani esa  Usta Shogird maqbarasi   bo'lib   hisoblanadi.   Rivoyatlarga   ko'ra   bir   maqbara ustasining yonida ishlayotgan shogirdi, o'z ustasidan ham zakovatli va mahoratli edi. Ular o'zaro quriladigan bir maqbara xaqida tortishib qoladilar.  Maqbarani   qurdirmoqchi   bo'lgan   shaxs   esa   usta   va shogirdga alohida alohida maqbara qurishlarini buyurtma beradi. Usta bilan   shogird  o'rtasida o'zaro raqobat boshlanadi.   Natijada   shogird tomonidan   insho   etilgan   maqbara   me'morchilik   va   san'at   jihatidan ustasinikidan   yana   oliy   sifatli   quriladi.   13-asrda   insho   etilgan   bu ikkala maqbaradan ustaning maqbarasi xozirgi kunimizda harobaga aylangan.   Shogird   qurgan   maqbarasi  esa,  hozirgi   kunda   ham   qad rostlab turibdi.

Ahlat   shahrida   Orta   Osiyoga   xos   dafn   an'analarini ham uchratish mumkin.  Akit deb nomlagan qurg'on tarzidagi  maqbara,  yoki  tuproq  ostiga  qurilgan  maqbaralar   bularga yaqqol misol   bo'la   oladi.   Akit   deb   ataluvchi   maqbaralarda   marhumning mumyolangan namunalarini ko'rish mumkin.

Saljuqiylar davlati uchun katta ahamiyat kasb etgan Ahlat shahri, o'z bag'rida yetishtirgan mohir ustalarini Anadoluning turli shaharlariga

 jo'natadi. Koniya, Sivas, Divrigi kabi shaharlarda ham Ahlat shahridan chiqqan   mohir   ustalarning   asarlarini   ko'rish   mumkin.   Bunday

 asarlar,   Usmoniylar   davrida   ham   o'z   ahamiyatini yo'qotmadi. Ahlat shahrida Qonuniy Sulton Sulaymon tomonidan bir qal'a, uning vaziri Iskandar Pasha tomonidan esa, hashamatli bir jome'-masjidi qurdirilgan.

Ahlat   shahri   Unesco   Dunyo   Madaniyat   Me'roslari   ro'yhatiga   kirish   uchun tayyorlanmoqda. Ahlat shahrining janubida esa, vulqonlarga boy bo'lgan Namrud tog'i qad rostlab turadi. Nemrud tog'i katta hajmga ega bo'lib, yonbag'rida yer ostidan issiq va sovuq mineral suv qaynab chiqadi.

Issiq mineral suvdan chiqib   muzdak  hovuzda   cho'milish mumkin. Bu  termal suvlar  ayniqsa   turistlarning diqqatini o’ziga jalb etib kelmoqda. Bundan tashqari, tog'ning yonbag’rida oltingugurt chiqadi, xalq tabobatida oltingugurtning foydalari juda katta bo’lgani uchun shifo izlab kelganlarning soni behisob.

Ahlat shahrining shimolida esa, Van ko'li havzasining eng baland tog'i bo'lgan Suphan tog'i bor. Go'yo ikkala tog'ni qo'riqlab turgan Ahlat shahri Turkiya uchun doimo katta ahamiyatga ega bo'lib qoladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ahlat , #tarix , #UNESCO , #Saljuqiy

Aloqador xabarlar