Turkiyaning madaniy xazinalari 30-qism

Sharqiy Anadoluning markazida joylashgan Van shahri haqida ma’lumot...

533627
Turkiyaning madaniy xazinalari 30-qism

 

Bugungi dasturimizda sharqiy Anadoluning markazida joylashgan Van shahri haqida ma’lumot beramiz.

Turkiyadagi eng katta ko’llardan biri Vanda joylashgan. Van ko’li deb atalgan bu ko’l shahar aholisining hayot manbai hisoblanadi.

Van shahri ayni paytda tarixda bu mintaqada hukm surgan Urartularning poytaxti bo’lgan. Urartular tijorat yo’lining ustida joylashgan Van qal’asining mudofaa xususiyatlari tufayli va joylashuvi jihatidan poytaxt deb e’lon qilganlar. Bugungi Musul territoriyasida joylashgan Asur savdogarlari o’sha davrlarda xomashyolarni sotib olish uchun uzoq masofalarga borib kelar edilar. Mintaqadagi qrolliklar ishlab chiqargan xomashyolarni katta texnologik mahsulotlar bilan ayribosh qilar edilar. Texnologiyaga ega bo’lgan asurliklar bu tijoratdan katta foyda qo’lga kiritar edilar.

Hitit Imperatorligining o’rta Anadoludagi zamini kengayib borar ekan, sharqda Urartu jamiyati yuzaga keldi. Miloddan avvalgi 9-asrda davlat tuzgan Urartular sharqiy Anadolu, Armaniston va Eronning bir bo’limini o’z ichiga olgan va janubga tomon kengaygan bepoyon zaminga ega bo’ldilar. Ular yuzdan ortiq qo’rg’on va qal’alar bilan mudofaasini yana ham kuchaytirdilar. Van qal’asi ularning markazi edi. Bu yerda va atrof hududlarda buyuk madaniyat hosil qildilar. Bir afsonaga ko’ra, mamlakatda qahatchilik yuz beradi. Qrol ikki o’g’lidan biriga xalqning yarmini yoniga olib, g’arbga tomon ko’chishini buyruq beradi. Izmirgacha borgan qrolning o’g’li, insho qilgan kemalar bilan Italiyaga boradi va u yerni makon qilib oladi. Italiyada rimliklardan oldin yashagan Etruskilar Urartularning naslidan ekani taxmin qilinmoqda. Urartular hokim bo’lgan mintaqada topilgan arheologik qazilmalar bilan Etruskilarning asarlari bir-biriga juda o’xshab ketadi.

Van ko’li va atrofidagi territoriya bir qancha tarixiy va madaniy asarlarni o’zida mujassam qiladi. O’sha paytlarda ko’priklar, yo’l ustida joylashgan xonaqohlar insonlarga xavfsizlik olib kelardi. Van ko’li qirg’og’idagi bir tepalikda joylashgan Van qal’asidan kunning botishini tomosha qilish insonga orom bag’ishlaydi.

Ko’l manzarasi quyosh botayotgan paytdagi xilma-xil ranglar bilan go’yo tasviriy san’atni eslatib turadi.

Van shahri yaqinlarida joylashgan Chaldiran shalolasi ham ko’rishga arziydigan maskanlardan biridir. Shalola ustida joylashgan baland osma ko’prik sizni moziyga yetaklaydi. Van ko’lining suvlari natriy karbonat miqdorining ko’pligi bilan bilinadi. Agar yoz oylarida Van shahriga yo’lingiz tushsa, albatta cho’milish uchun kerakli ashyolaringizni unutmang!

Ko’lda suzar ekansiz, natriy karbonat miqdorining ko’pligi tufayli xuddi sovun bilan yuvinayotgandek bo’lasiz. Van ko’liga chuchuk suv  quyilgan havzalarda esa, o’ziga xos baliq turi yetishadi.

Van shahri yaqinlarida joylashgan Akdamar oroli va u yerdagi tarixiy manastr cherkovi ham tomosha qilish tavsiya qilingan tarixiy maskanlaridan biridir. Hakkari yo’li ustida joylashgan tarixiy Ho’shap qal’asi ham o’rta asrdan qolgan tarixiy ko’rinishga ega. Hamon mustahkam bo’lib qad rostlab turgan qal’a u yerga kelgan sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.

Siz aziz muhlislarimizni Turkiyaning chiroyli Van shahriga taklif qilib qolamiz va dasturimizni yakunlaymiz.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Van , #shahar , #Van ko'li , #Urartu , #Anadolu

Aloqador xabarlar