Turkiyada 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami shodiyonalari...

Turkiya Teleradiokompaniyasi tomonidan uyushtirilgan 38-Bolalar shodiyonalariga 30 davlatdan jami 348 o'quvchi tashrif buyurdi.

474793
Turkiyada 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami shodiyonalari...

Turkiya Teleradiokompaniyasi tomonidan uyushtirilgan 38-Bolalar shodiyonalariga 30 davlatdan jami 348 o'quvchi tashrif buyurdi.

Turkiya Teleradiokompaniyasi bosh direktori Shenol Go'ka bolalarni Ankarada kutib oldi va ular bilan birga Anitkabirni ziyorat qildi.

Bolalar Anitkabirda Otaturk mavzoleyiga gulchambar qo'ydi va hurmat ma'nosiga sukut saqladi.

Bundan tashqari, 38-Bolalar shodiyonalariga turli davlatlardan tashrif buyurgan bolalar Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman tomonidan qabul qilindi.

Bolalar kelajakning buyuk siymolari va poydevori ekanini tilga olgan Turkiya Oliy majlis raisi Ismail Kahraman​: "Aziz bolajonlar ulg'ayganingizda ichingizdagi beg'uborlikni yo'qotmang! Sevgi va hurmat sizni tark etmasin!",-dedi.

So'ngra, Chankaya ko'shkiga yo'l olgan bolalar Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog'lu bilan uchrashdi.

Bosh vazir Ahmet Davutog'lu, rafiqasi Sora Davutog'lu va Xalq ta'limi vaziri Nabi Avji milliy liboslari bilan kelgan bolalar bilan birma-bir salomlashdi, suhbatlashdi.

Ahmet Davutog'lu Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan kelgan o'quvchining: "Bizga 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayramini sovg'a qilgan Otaturkka katta rahmat aytaman",-degan so'zlari tufayli taqdirladi.

Turkiyada har yili an'anaviy ravishda o'tkazilib kelinadigan 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami bu yil ham ko'tarinki ruhda o'tkazilmoqda.

Bayramga sanoqli kunlar qolar ekan, Turkiyaga tashrif buyurgan 30 davlatdan qator bolalar Turkiyada ko'plab tadbir va marosimlarga, bayram dasturlariga qatnashadilar.



Aloqador xabarlar