Hijobli ayol Parijdagi opera binosidan chiqarib tashlandi

Fransiyada yuzni yopadigan shaklda hijob kiyish davlat xavfsizligiga rahna solganligi sababi bilan 2010 yili ta’qiqlangan.

163923
Hijobli ayol Parijdagi opera binosidan chiqarib tashlandi

Fransiyaning poytaxti Parijdagi opera binosida hijob kiygan ayol tomoshabin zaldan chiqarib tashlandi.
Fransuz Metronews gazetasining xabariga ko’ra, Ko’rfaz davlatlaridan kelgan turist ayoldan “La Traviata” nomli opera asarini tomosha qilayotgan paytda zaldan chiqishi talab qilindi.
Xabarga ko’ra, sahnadagi aktyorlarning shikoyatiga binoan, hijobli ayolning zaldan chiqarib tashlangani ma’lum bo’ldi.
Fransiyada yuzni yopadigan shaklda hijob kiyish davlat xavfsizligiga rahna solganligi sababi bilan 2010 yili ta’qiqlangan edi.
Mazkur qonunga hilof harakat qilgan fuqarolar esa, 150 evro ma’muriy pul jazosiga tortiladi.
Lekin, qonunga amal qilishda turist ayollarga biroz erkinlik berilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar