Moro:Yorug’ kunlar sari…

Ankara Yildirim Beyazit Universiteti Siyosatshunoslik fakulteti dekani Professor Kudret Bulbulning mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

1139631
Moro:Yorug’ kunlar sari…

Moro: Yorug’ kunlar sari…

 

Filippinlar janubida joylashgan Mindanao orolidagi Moro musulmonlari balki insoniyat tarixida eng uzoq yillar mobaynida azob-uqubat chekkan xalqlardan biridir. 1500-yillarda boshlangan qon, ko’z yoshi, zulm va o’limlar bilan qorilgan bir jarayon endilikda biroz bo’lsa ham umidga yuz tutgan vaziyatda.

Morolik bolalarning ko’z yoshini tindirish, qorong’u kunlarni ortda qoldirib, ota-onasiz qolmasdan kelajakka tomon tinch-totuv qadam bosishi uchun ufqda bir uchqun ko’rinmoqda.

Moro davlati Falastin, Eritre, Kashmir kabi zulm ostida hayotini davom ettirayotgan davlatlardan biri bo'lib hisoblanadi. Moro davlati Turkiyada Salih Mirzabeyo'g'lu tomonidan yozilgan "Moro dostoni" bilan tanilgan desak adashmagan bo'lamiz. Umid qilamizki, morolik musulmonlarni porloq kelajak kutmoqda. Chunki, shu yilning 21 yanvar kuni Moroda keng ko'lamli referendum bo'lib o'tdi.

 

Moro davlatining qisqacha tarixi…

 

Islom dini uzoq sharqdagi mamlakatlarga yetib borganidek, Filippin orollariga ham yetib bordi. Moroliklar İslom dinini musulmon tadbirkorlar orqali tanishga muyassar bo'ldilar va islom dini tez orada mamlakatda keng tarqaldi. U yerdagi musulmonlar 1500-yillarga qadar o'z davlatlari ostida erkin yashab keldilar.

Lekin, 1521 yilda Moro xalqi ispanyaliklarga qarshi o'z vatanlarini mudofaa qilib jang qildilar. İspanyadagi musulmon hukmronligi tugashi natijasida to'qnashuvlar Filippin orollariga qadar yetib bordi va o'sha davrdan beri turli shakllarda 500 yildan buyon to'qnashuvlar davom etmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.1900 yillarda Filippin mintaqasining janubiy tomonida ko'pchilikni tashkil etgan musulmonlar, demografik siyosat natijasida ko'plab mintaqada etnik xalqqa aylandi.

Dastlab ispanlarning tazyiqiga uchragan musulmonlar 20-asrning birinchi yarmida mintaqada hukmron bo'lgan AQShning tazyiqi ostida qoldilar va keyinroq qatliom va surgunga mahkum bo'ldilar. Shaxsan men o'zim 2016 yilda Kotaboto shahriga borganimda o'z yurtlaridan ko'chishga majbur bo'lgan insonlarning tuproqlarda yashashga ruxsat berilmaganligi sababli daryolar ustida qurilgan tunukadan yasalgan kulbalarda yashashga mahkum etilganligiga guvoh bo'ldim.

Aslida, morolik musulmonlar 1960-yillardan boshlab o'zlariga nisbatan olib borilayotgan siyosatga qarshi kurash boshladilar. Keyingi davrlarda turli tashkilotlar ostida birlashib kurashishni davom ettirdilar. İslom Erkinligi guruhining lideri Selamet Hashim 2013 yilda vafot etgandan so'ng, Xoji Murot İbrohim ushbu guruhning lideri sifatida Filippin davlati bilan muzokaralarini va o'z kurashlarini davom ettirmoqdalar. 40 yildan beri davom etayotgan erkinlik kurashi natijasida 120 ming musulmon qurbon bo'lishi bilan bir qatorda, 2 million musulmon boshqa davlatlarga ko'chishga majbur bo'ldilar.  Bu vaziyatning davom etmasligi uchun 2012 yilda Moro İslomiy Erkinlik guruhi bilan Filippin hukumati o’rtasida shartnoma imzolandi. 2014 yilda esa tinchlik va barqarorlik jarayonini nazorat qilish maqsadida "Mustaqil Nazorat Hay'ati" tashkil etildi. Filippin davlatining hozirgi kundagi prezidenti Sn Duterte, 2014 yildagi saylovdan avval Moro mintaqasida avtonom mintaqa qurib berishlikni va'da qilgan edi.

 

Referendum natijalari…

 

2019 yilning 21 yanvar kuni bo'lib o'tgan referendumda Moro musulmonlarining avtonom mintaqada yashashi uchun xalqning 80%'i o'z roziligini berdi. Bundan keyingi jarayonda 80 nafar a'zodan tashkil topuvchi "Bangsaramo vaqtinchalik boshqaruvi" tizimi tashkil etiladi. Oliy majlis qabilida ish yuritadigan ushbu boshqaruv tizimi 2022 yilga qadar Bangsamoro mintaqasini boshqaradi. Referendumning qabul etilishi natijasida ushbu mintaqada olingan soliqlarning 75 foizi mahalliy idoraga, 25 foizi esa markaziy idoraga beriladigan bo'ldi.

Shuningdek, tabiiy konlardan tushgan sof foydaninig 75 foizi mahalliy idoraga, 25 foizi esa markaziy idoraga beriladigan bo'ldi. Bangsamorodagi musulmonlar, o'z mamlakatlarida İslom shariati huquq tizimini barpo eta olish xaqqiga egadirlar. Musulmonlar o'zlarining orasida İslom huquqi bo'yicha muomala qila oladilar. Morolik hristianlar esa Filippin davlat huquqiga tobe' bo'ladilar. Natijada, morolik musulmonlar ichki ishlarida mustaqil, tashqi ishlari va xavfsizlik bo'yicha esa, Filippin hukumatiga tobe' bo'ladilar.

 

Morolik Musulmonlarning ehtiyojlari…

 

Tinchlik jarayoninig qo'llab-quvvatlanishi: Dunyoning qaysi burchagida bo'lsangiz ham tinchlik jarayonlarini davom ettirish juda qiyin. Tarixdagi voqealar tomonlar o'rtasida davom etayotgan o'zaro tinchlik muzokaralarini takror buzish tahlikasini olib kelishi mumkin. Shu sababli, mintaqada tinchlik va barqarorlikni xohlagan tomonlar, xalqaro jamiyatdan Filippindagi bu tinchlik muzokaralariga o'z hissalarini qo'shishlari darkor. Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening o'zi ham Bangsamoroga yaqin bir mintaqadan kelib chiqqanligi, yoshlik davrini shu mintaqada o’tkazganligi va Moro xalqi bilan yaqin munosabatda katta bo'lganligi tinchlik muzokaralari uchun katta fursat bo'lib hisoblanadi. Tinchlik muzokaralarining davom ettirilishi uchun Dutertening qo'llab quvvatlanishi zarur. Ayniqsa, DEASh terror tashkiloti tomonidan ushbu jarayonning buzilmasligiga katta ahamiyat berilishi kerak.

Gumanitar yordamlar bilan cheklanmaslik kerak: 500 yildan buyon mustaqillik uchun kurashayotgan, bu yo'lda juda og'ir tovonlar to'lagan bir jamiyatning gumanitar yordamga muxtoj ekanligi barchaga ayon. O'sha mintaqada 26 nafar xalqaro gumanitar yordam guruhi mavjud ekanligini, musulmonlardan esa faqatgina Turkiyagan 1 nafar İHH (İnsonparvarlik yordam fondi) nomli tashkilotlarning  mavjudligini guvohi bo’ldim. Shu sababli, mintaqaga gumanitar yordamlarni ko'paytirish zarur.

Morolik musulmonlar aslida mustaqillik jarayonida gumanitar yordamlardan tashqari ayniqsa siyosiy yordamlarga ham muxtoj. Uzoq yillar davomida hayoti urish bilan o'tgan jamiyat, boshqa jamiyatlarning siyosiy yordamiga katta ehtiyoji bor. Siyosiy tizim, iqtiodiyot, mahalliy boshqaruv organlari, markaziy hukumat, universitetlar, sud tizimi kabi sohalarda tajribaga katta ehtiyoj his qilmoqdalar. Morolik musulmonlar noto'g'ri siyosat va sifatsiz tajribaning qurboni bo'lmasligi va ayniqsa 500 yillik kurashining puchga chiqmasligi uchun, Moroga yordam bermoqchi bo'lganlarni u yerda katta xizmat kutib turibdi. Ayniqsa, universitetlar, meditsina sohasida va boshqaruv tizimi uchun kelajakda ishlaydigan kadrlarni yetishib chiqishi uchun kerakli fakultetlarni yoki yo'q deganda maxsus kolledjlarni ochishlari zarur.

Turkiyaning global tinchlik jarayoniga qo'shgan hissasi: Morodagi tinchlik muzokaralarini olib borayotgan xalqaro komissiyaning orasida Turkiya davlati ham bor. Bu komissiyadan tashqari bir nazorat hay'ati ham tashkil etilgan. Besh kishidan iborat bo'lgan ushbu nazorat hay'atida Turkiyadan İHH (İnsonparvarlik yordam fondi) nomli tashkilot  ham o'z faoliyatini olib bormoqda. Bu tashkilotning rahbari Huseyin Oruch bu nazorat hay'atida qattiq ishlamoqda.

Mamlakatimizning tarixi, tajribasi va global dunyoda ega bo'lgan hurmat-e'tibori jihatidan katta o’ringa ega bo’lgan Turkiya global tinchlik va barqarorlikka eng ko'p hissasini qo'sha oladigan davlatlardan biridir.

Bu hissa nafaqat davlat boshqaruvi vositasi bilan, balki Filipinda bo'lganidek nodavlat tashkilotlar va universitetlar vositasi bilan ham yuritilishi mumkin.

Moroda 500 yillik kurash natijasida qo’lga kiritilgan bugungi yutuqlar juda katta ahamiyatga molik. To'qnashuvlarning ortda qolishi, referendumning Moro musulmonlari hamda Filippin uchun tinchlik olib kelishi, morolik bolalarning kelajakka ishonch bilan qaray olishlari uchun har birimiz bu jarayonga o'z hissamizni qo'shishimiz insoniy burchimizdir.

Ankara Yildirim Beyazit Universiteti Siyosatshunoslik fakulteti dekani Professor Kudret Bulbulning mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik. 

 

 

   

 


Tanlangan kalimalar: #Moro musulmonlari , #Filippin

Aloqador xabarlar