Kun tahlili 01- qism

Turk va AQSh aloqalari qayerga boryapti ? So’ngi ikki haftada sodir bo’lgan o’zgarishlar boshni aylantirgan taraqqiyotlar bo’lib 2019 yili ikki o’lka aloqalari jihatidan jiddiy xavf va fursatlarni qamramoqda.

Kun tahlili 01- qism

Turk va AQSh aloqalari qayerga boryapti ?

                          

So’ngi ikki haftada sodir bo’lgan o’zgarishlar boshni aylantirgan taraqqiyotlar bo’lib 2019 yili ikki o’lka aloqalari jihatidan jiddiy xavf va fursatlarni qamramoqda. Bu nuqtada ham S-400-F35 masalasida hamda Suriyada tashkil etishga boshlagan yangi dinamikda ikki o’lka o’rtasidagi munosabat  va koordinatsiya aloqalari   kelajakning eng asosini tashkil etadi.

                            Turk- AQSh Aloqalari so’ngi yillarda  yaxshi  va yomon bo’lib kun tartibiga kelmoqda. So’ngi to’rt yil mobaynida birinchi o’rinda YPG bo’lib ko’plab farqli inqiroz bilan duch keldi, ikki  haftada sodir bo’lgan o’zgarishlar bilan yangi bir  burilish nuqtaga kelib qoldi. Avvalo S-400 inqirozi 2019- yili Turk AQSh aloqalarining  asosimi tashkil etadi. Boshqa  bir nuqtada AQSh ma’muriyati bir muddatdir davom etib kelgan Patriot tizimlari bilan aloqali sotishining mumkinligini e’lon qildi. Bu vaziyat albatta o’z ichida juda ko’p noaniqliklarni  ham qamramoqda. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan   berilgan yozma bir bayonotdan keyin ikki tomon o’rtasida birinchi o’rinda texnik va moliyaviy masalalar bo’lib savdolashish va bahs munozara boshlashi  juda ham aniq.  Faqat ushbu sotish qarori AQShning Turkiyadan S400ni sotib olish bilan aloqa umidi natijasida bo’lib bo’lmaganligi  hanuz aniq emas.

                  Shoyad AQSh ma’muriyati Patriotning  sotishi yangidan S-400 sotib olmaslik shartiga bog’liq ilgari sursa,  ikki o’lka o’rtasida bu mavzuda yangi bir taranglik avj olishi ehtimolidan xoli emas. Bundan  tashqari oxirgi paytda Turkiya to’lovlarini davom ettirgan F- 35larni   Turkiyaga topshirilishini S- 400 havo mudofaa tizim masalasini  shart qo’yish mumkin.Qilgan bosimlari natija beradi va AQSh ma’muriyati bunday bir qaror bergan taqdirda   ushbu taranglik boshqa jihati  bilan o’rtaga chiqadi. Yana Turkiya S-400ni sotib olish mavzusida paydo bo’ladigan ehtimoli muammo  esa  AQShda CAATSA deb zikr etilmoqda. Rossiya bilan mudofaa sanoat hamkorligi ham ichida bo’lgan sohalarda aloqa o’rnatgan o’lkalarga  qarshi sanksiya joriy etish qarorining natijasi bo’lishi mumkin. Bunday bir vaziyatda ikki o’lka o’rtasida ayniqsa mudofaa sanoati sektorida qiyin bir davr boshlaydi demak. Turkiya S-400 mavzusida hozirgacha bergan bayonotlarga qaramasdan AQSh tomonida bu mavzu to’g’risida  umidlar poyda bo’lgan. Vashington ma’muriyati Anqaraning milliy xavfsizlik mavzusidagi qayg’ularni   bu ma’noda to’liq anglamaganini ko’rsatadi.

                  Patriot qarorining ortidan AQSh ma’muriyati ikkinchi muhim bir boshqa bayonot berib Suriyadan AQSh askarlarini olib chiqishini e’lon qildi. Ushbu vaziyat garchi oldin ham kun tartibiga kelsa, qaror berilgan zamon va e’lon qilish shakli AQShda jiddiy bir muammoni ham barobariga olib keldi.

                  Avvalo Mudofaa vaziri Mattis keyin esa DEASh bilan kurashdan ma’sul vakili McGurk  o’z vazifasidan iste’foga chiqdi. Prezident Tramp bergan bu qarordan keyin ikki o’lkaning aloqalari kelajak uchun muhim  bir fursat sifatida ko’rilmoqda.  

                  DEAShga qarshi kurashni kuchaytirgan bir hamkorlik bilan AQSh,   mintaqadan chiqib ketar ekan Turkiya bilan ta’min etadigan koordinatsiya esa o’rta muddatda ikki o’lka uchun muhim bir hamkorlik sharoiti yaratadi.  . Tramp va  ikki lider o’rtasida amalga oshgan uchrashuvdan  keyin tvitter sahifasida bergan bayonotda bu mavzuda  logistika jihatidan  himoya va koordinatsiya tashkil etishini bildirdi. Suriyada Stabilizatsiya va keyinchalik siyosiy yechim jarayoniga jiddiy bir hamkorlikni ham  barobarida olib keladi. Faqat bu qaror   tatbiq bosqichida Turkiya bilan yetarli darajada koordinatsiya ta’min etmagn taqdirda o’zaro umidlar mavzusida poyda bo’ladigan fikri kelishmovchiliklari  jiddiy taranglikka sabab bo’ladi. Mintaqada faol ravishda harbiy ma’noda o’rin olgan davlatlar, mintaqaviy  barqarorlik va xavfsizlik uchun katta tahdidlarga sabab bo’lib kelgan  terror tashkilotlari bilan ayni lahzada sohada bo’lishlari jiddiy  xatar tug’diradi. Ayniqsa YPG ikki o’lka o’rtasidagi hamkorlik sharoitiga  bezovtalik  yaratishda salbiy   rol o’ynamoqda. Ushbu xatarlar  bilan birgalikda  ikki o’lka o’rtasida amalga oshiriladigan ochiq bir hamkorlik, operatsiyalarda ko’rsatiladigan moslik ikki poytaxt o’rtasida  tuzuk va  ta’sirli bir kommunikatsiya kanali katta ahamiyat kasb etadi. 

                 

 

 


Tanlangan kalimalar: Aloqalar , AQSh , Turk

Aloqador xabarlar