Yevropaliklarning turk choyiga bo’lgan qiziqishi borgan sayin ortib bormoqda

Yevropaliklarning turk choyiga bo’lgan qiziqishi borgan sayin ortib bormoqda. Shuning uchun ham Turkiya bu yilning birinchi oyida dunyoning 42 davlatiga choy eksport qildi.

Yevropaliklarning turk choyiga bo’lgan qiziqishi borgan sayin ortib bormoqda

Turkiya bu yilning birinchi oyida Germaniya, Fransiya va Niderlandiya bosh bo’lish bilan birga dunyoning 42 davlatiga choy eksport qildi.

Sharqiy Qora dengiz eksportchilar ittifoqi qo’lidagi ma’lumotlarga ko’ra yanvar oyida Turkiyadan 318 tonna choy eksport qilinib undan 773 ming 67 dollar daromad qo’lga kiritilgan.

Bu orqali choy eksportida yanvar oyida o’tgan yilning shu oyiga nisbatan miqdor jihatidan 110 foiz, qiymati jihatidan esa 102 foizga ortganligi kuzatildi.  

Yanvar oyidagi choy eksporti ustidan navbat bilan eng ko’p Germaniya (274 ming 515 dollar), Fransiya (165 ming 232 dollar) va Niderlandiya (85 ming 410 dollar) daromad qo’lga kiritildi.  

Turkiya o’tgan yilning shu davrida 151 tonnalik choy eksporti ustidan 382 ming 617 dollar daromad qo’lga kiritilgandi.



Aloqador xabarlar