Tufekchi, AQSh bilan Turkiya o’rtasidagi S-400 tizimiga tayangan muammoni baholadi

Mudofaa sanoati vitse-prezidenti Jemal Sami Tufekchi, AQSh bilan Turkiya o’rtasida yuz bergan va Turkiya tomonidan Rossiyadan xarid qilib olinadigan S-400 mudofaa tizimiga tayangan muammoni baholadi.

Tufekchi, AQSh bilan Turkiya o’rtasidagi S-400 tizimiga tayangan muammoni baholadi

Turkiya Mudofaa sanoati vitse-prezidenti Jemal Sami Tufekchi, Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Turkiya o’rtasida yuz bergan va Turkiya tomonidan Rossiyadan xarid qilib olinadigan S-400 mudofaa tizimiga tayangan muammoni,

“AQSh boshqaruvi S-400 masalasini butunlay siyosiy sabablar bilan qo’lga olmoqda” degan so’zlar bilan baholadi.

Turkiya bilan AQSh o’rtasidagi strategik sheriklik va mudofaa masalalari Vashingtondagi Siyosat, iqtisodiyot va jamoa masalalari bo’yicha tadqiqot fondi (SETA) panelida muhokama qilindi.

Mazkur panelda Mudofaa sanoati vitse-prezidenti Jemal Sami Tufekchi bilan turk va chet ellik mutaxassislar ishtirok etdi.

Panelda Turkiya bilan AQSh munosabatidagi taranglikka yo’l ochgan masalalar kun tartibiga olib chiqildi.

Mudofaa sanoati vitse-prezidenti Jemal Sami Tufekchi Turkiya tomonidan Rossiyadan xarid qilib olingan S-400 mudofaa tizimlari haqidagi AQShning tashvishlarining o’rinsiz ekanligini ta’kidlagan holda,

“Turkiya, xarid qilib olgan tizimdan ehtiyojlari asosida foydalanadi” dedi.  

SETA Xavfsizlik masalalari bo’yicha tadqiqotlar markazi yetakchisi Murat Yeshiltash, S-400 mudofaa tizimining bu yil ikkala mamlakat o’rtasida tez-tez kun tartibiga olib chiqilishini qayd etdi.  

Mintaqa davlatlariga oid raketa manzilining Turkiyani o’z ichiga olganligini belgilab o’tgan Yeshiltash, Turkiyaning milliy xavfsizligi uchun Rossiyadan raketa xarid qilib olishlikka majbur bo’lganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

AQSh Kongressi Turkiyaning S-400 tizimlarini xarid qilib olishiga, F-35 urush uchog’i ishlab chiqarish dasturidan chiqarib tashlash tahdidi orqali to’siqlik qilishga harakat qilmoqda.

Kongressga yaqinligi bilan tanilgan The Heritage fondi axborot-analitik markazi mutaxassisi Luke Coffey ham AQSh kongressini bu borada ogohlantirgan holda, F-35 urush uchoqlari Turkiyaga yuborilmagudek bo’lsa unda buning ustidan moliyaviy, strategik va qonuniy natijalari tug’ilishi mumkinligini bildirgan.

 

 



Aloqador xabarlar