Samsundan birinchi marotaba AQSh va Vetnamga baliq eksport qilindi

Turkiyaning Samsun viloyatidan o'tgan 2018-yili birinchi marotaba AQSh va Vetnamga baliq eksporti amalga oshirildi. Natijada 30 million dollarlik daromad qo'lga kiritildi.

Samsundan birinchi marotaba AQSh va Vetnamga baliq eksport qilindi

Turkiyaning Samsun viloyatidan 2018-yili Amerika Qo’shma Shtatlariga birinchi marotaba anchous, Vetnamga esa forel balig’i eksport qilindi.

Samsundan o’tgan yili dunyoning 26 ta davlatiga suv mahsulotlari bosh bo’lish bilan birga hayvonot mahsuloti eksport qilindi.

Mazkur eksportdan 30 million dollarlik daromad qo’lga kiritilar ekan uning 25 millioni suv mahsulotlari, 5 million dollari esa parranda go'shti va go'sht mahsulotlari ustidan qozonildi.

Suv mahsulotlaridan eng ko’p Norvegiya, Vetnam va Isroilga eksport amalga oshirildi.  

Samsundan Norvegiyaga 2 million 59 ming kilogram baliq yog’i yuborildi.

Isroilga esa 1 million 28 ming 580 kilogram baliq yog’i eksport qilindi.

Bu yil AQShga birinchi marotaba 2 ming 245 kilogram anchous balig’i sotildi.

Vetnamga 2 million 136 ming 469 kilogram yangi forel balig’i eksport qilindi.

Shuningdek Buyuk Britaniya, Ispaniya, Liviya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Argentina, Birlashgan Arab Amirliklari va Dubayga ham turli baliq, balik uni, baliq yog’i eksport qilindi.

Germaniya, Angliya va Fransiya ham 72 ming 708 dollarlik davolash uchun ishlatiladigan zuluk eksport qilindi.  



Aloqador xabarlar