Saudiya Arabistoni Pokistonga 10 milliard dollarlik investitsiya kiritmoqchi

Saudiya Arabistoni Pokistonga 10 milliard dollarlik investitsiya kiritmoqchi. Bu haqida Pokiston Moliya vaziri Asad O’mer “Dawn” gazetasiga bergan bayonotida aytib o’tdi.

Saudiya Arabistoni Pokistonga 10 milliard dollarlik investitsiya kiritmoqchi

Saudiya Arabistoni valiaxd shahzodasi Muhammad bin Salmon kelasi oyda amaliy tashrif bilan Pokistonga borar ekan ana shunda ikkala mamlakat o’rtasida 10 milliard dollarlik investitsiya shartnomalariga qo’l qo’yiladi.

Pokiston Moliya vaziri Asad O’mer bu haqida “Dawn” gazetasiga bayonot berar ekan Investitsiyani qulaylashtirish yetakchiligi yig’ilishida nutq so’zlagan Bosh vazir Imron Xonning, kelasi oylarda Saudiya Arabistonidan tashqari Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Malayziya bilan ham shunga o’xshash shartnomalarga qo’l qo’yilajagini qayd etganligini ifoda etdi.    

Asad O’mer, Saudiya Arabistoni bilan 10 milliard dollarlik shartnomalarga kelasi oyda valiaxd shahzoda Muhammad bin Salmonning Pokistonga bo’lgan tashrifi chog’ida qo’l qo’yilajagini o’z so’ziga ilova etdi.

Investitsiya kengashining raisi Harun Sherif ham Investitsiyani qulaylashtirish yetakchiligi yig’ilishida nutq so’zlar ekan 10 milliard dollarlik investitsiya kiritmoqchi qo’lgan Saudiya Arabistonining neft, neft-kimyo, qayta tiklanadigan energiya va kon sanoati tarmoqlariga qiziqqanligini qayd etdi.

Investitsiyalarning 65 foizining Pokistonning eng yirik shahri Karachi atrofida kiritilajagini eslatib o’tgan Harun Sherif, Karachidan tashqari ro’yhatda Lahor shahri borligini ifoda etdi.

“Saudi Aramco” neft firmasining Pokistonda neftni qayta ishlash zavodi qurmoqchi ekanligini ham eslatib o’tgan Harun Sherif, Saudiya Arabistonining qayta tiklanadigan energiya firmasi “Aqua Power”ning ham Pokistonga investitsiya kiritmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

Xitoy-Pokiston iqtisodiy koridori loyihasi (CPEC) davomida savdo zonalari qurilajagini qayd etgan Harun Sherif Birlashgan Arab Amirliklarining qishloq xo'jaligi va qurilish tarmog’i, Malayziyaning esa halol et, qimmatli toshlar, aloqa texnologiyalari va yuqori texnologiyali ta’lim tarmoqlarida investitsiya kiritishni rejalashtirganligini bildirdi.  

Harun Sherif Pokistonda chet ellik investorlarni qiziqtirgan soliq to’lovlarining 47 foizdan 21 foizga tushganligini ham eslatdi.



Aloqador xabarlar