Xitoy va AQSh o'rtasida olib borilgan savdo muzokarasi o'z nihoyasiga yetdi

Xitoy va Amerika Qo’shma Shtatlari hay’ati poytaxt Pekinda olib borilgan savdo muzokarasini tamomladi.

Xitoy va AQSh o'rtasida olib borilgan savdo muzokarasi o'z nihoyasiga yetdi

Xitoy va Amerika Qo’shma Shtatlari hay’ati poytaxt Pekinda olib borilgan savdo muzokarasini tamomladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Lu Kang matbuot anjumanida, AQSh hay’ati bilan olib borilgan savdo muzokarasining o’z nihoyasiga yetganligini, natijalar haqida esa keyinchalik ma’lumot berilishini qayd etdi.

Ikki kun davom etishi rejalashtririlgan savdo muzokarasining uch kun davom etishini, “tomonlar o’rtasidagi samimiyatning ko’rsatkichi” deb baholagan Lu Kang, yaxshi natija olingudek bo’lsa bu nafaqat ikki mamlakat balki butun dunyo uchun ijobiy tusdagi xabar bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi. 

Vazir o'rinbosarlari ishtirokida rejalashtirilib haftaning dushanba kuni Pekinda boshlagan va bugun o'z nihoyasiga yetgan muzokaralarda Xitoy Xalq Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari Liu Hi va Savdo vaziri Cong Shanning ham ishtirok etganligi ma'lum bo'lgan edi.

Trump bilan Si Tszinpin tomonidan Argentina poytaxti Buenos Airesda uyushtirilgan va G-20 Liderlar sammiti chog’ida amalga oshirilgan uchrashuvda, AQSh va Xitoy o’rtasida anchadan beri davom etgan savdo-sotiq urushining yangi tariflar bilan avj olishining oldini olish uchun 90 kunning ichida o’zaro savdo kelishuvini ishlab chiqish masalasi ustidan ma’qullashilgan edi.

Vashington boshqaruvi 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotiga nisbatan yo’lga qo’ygan bojxona to’lovlarini, 1-yanvardan e’tiboran 10 foizdan 25 foizga ko’tarish qarorini to’xtatib, tomonlarning bir-biriga qarshi yangi bojxona to’lovlarini yo’lga qo’yishiga ham monelik qilgan.  

Bunga qarshi Xitoy ham AQShdan import qilingan avtomobil va avto ehtiyot qismlariga nisbatan kiritgan soliq narxlarini tushirganligini bildirgan edi. 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Xitoy , AQSh , savdo muzokarasi

Aloqador xabarlar