TSQ bilan Savdo vazirligi vaqtinchalik tashqi savdo raqamlarini ma’lum qildi

Turkiya statistika qo’mitasi bilan Savdo vazirligi tomonidan tuzilgan noyabr va yanvar-noyabr oyi davriga oid vaqtinchalik tashqi savdo raqamlari ma’lum qilindi.

TSQ bilan Savdo vazirligi vaqtinchalik tashqi savdo raqamlarini ma’lum qildi

Turkiya eksporti bu yilning noyabr oyida o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 9.4 foizga ortib, 15 milliard 529 million AQSh dollariga yetdi. Importi esa 21.3 foizga yani 16 milliard 180 million AQSh dollariga kamaydi.  

Turkiya statistika qo’mitasi bilan Savdo vazirligi tomonidan tuzilgan noyabr va yanvar-noyabr oyi davriga oid vaqtinchalik tashqi savdo raqamlari ma’lum qilindi.

Shunga ko’ra tashqi savdo kamomadi o’tgan yilning shu oyiga ko’ra 89.8 foiz kamayish orqali 651 million AQSh dollariga tushdi.

Eksportning importni qarshilash nisbati, o’tgan yilning noyabr oyida 69.1 foiz ortar ekan, bu yilning huddi mana shu oyida 96 foizga ko’tarildi.

Turkiyaning eksporti yanvar-noyabr davrida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 7.7 foiz ortgan holda, 154 milliard 186 million AQSh dollariga chiqar ekan importi 2 foizga kamayish orqali 206 milliard 505 million AQSh dollariga tushdi.

Nomi tilga olingan davrda tashqi savdo kamomadi 22.6 foizga kamayib, 52 milliard 319 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu davrda eksportning importni qarshilash nisbati 74.7 foiz deb hisoblandi.



Aloqador xabarlar