Trumpning qayd etishicha, AQSh va Xitoy o’rtasidagi savdo muzokarasida shaxdam qadam tashlangan

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqat qildi.

Trumpning qayd etishicha, AQSh va Xitoy o’rtasidagi savdo muzokarasida shaxdam qadam tashlangan

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan telefon orqali muloqat qilar ekan buning natijasida ikki mamlakat o’rtasidagi savdo muzokarasida muhim qadam tashlanganligini belgilab o’tdi.

Twitter hisobi orqali shu haqida bayonot bergan Trump,

“Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin bilan hozirgina telefon orqali uzoq va samarali muloqat o’tkazdim. Kelishuv yaxshi davom etmoqda. U tamomlanganida keng ko’lamli, hamma masalalarni, tarmoqlarni va kelishmovchilik nuqtalarini o’z ichiga oladi. Katta shaxdam qadam tashlandi” degan ifodalarga o’rin berdi.

Trump bilan Si Tszinpin tomonidan Argentina poytaxti Buenos Airesda uyushtirilgan G-20 Liderlar sammiti chog’ida amalga oshirilgan uchrashuvda, AQSh va Xitoy o’rtasida anchadan beri davom etgan savdo-sotiq urushining yangi tariflar bilan avj olishining oldini olish uchun 90 kunning ichida o’zaro savdo kelishuvini ishlab chiqish masalasi ustidan ma’qullashilgan edi.

Vashington boshqaruvi 200 milliard dollarlik Xitoy mahsulotiga nisbatan yo’lga qo’ygan bojxona to’lovlarini, 1-yanvardan e’tiboran 10 foizdan 25 foizga ko’tarish qarorini to’xtatib, tomonlarning bir-biriga qarshi yangi bojxona to’lovlarini yo’lga qo’yishiga ham monelik qilgan edi.  


Tanlangan kalimalar: Donald Trump , Si Tszinpin , savdo muzokarasi

Aloqador xabarlar