Rossiyalik sayyohlar 2018-yili dam olish uchun Turkiyani tanladi

Maya Lomidze poytaxt Moskvada shu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, 2018-yili dam olish uchun chet elga borgan rus sayyohlar sonining 2017-yilga nisbatan 8 foizga ortganligini belgilab o’tdi.

Rossiyalik sayyohlar 2018-yili dam olish uchun Turkiyani tanladi

Rossiyalik sayyohlar 2018-yili dam olish uchun Turkiyani tanladi.

Rossiya sayyohlik operatorlari assotsiatsiyasi rahbari Maya Lomidze, rus sayyohlari tomonidan 2018-yili eng ko’p tanlangan dam olish joyining Turkiya ekanligini qayd etdi.  

Maya Lomidze poytaxt Moskvada shu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, 2018-yili dam olish uchun chet elga borgan rus sayyohlar sonining 2017-yilga nisbatan 8 foizga ortganligini belgilab o’tdi.

Bu borada dunyoning ba’zi davlatlariga shu jumladan eng ko’p Turkiyaga bo’lgan qiziqishning muhim darajada ortganligiga e’tibor qaratgan Lomidze,

“Turkiyaga bo’lgan qiziqish bu yil 2017-yilga nisbatan 25 foizga ortdi. Rus sayyohlar 2018-yili eng ko’p Turkiyani tanladi” dedi.  

Rus sayyohlarning Turkiyadan tashqari Tailandni tanlaganligini eslatib o’tgan Lomidze,

“Turkiya va Tailanddan tashqari Germaniya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Tunis va Fransiya ham tanlangan dam olish nuqtalaridan hisoblanadi” deya gapirdi.

Lomidze o’z so’zida shuningdek, rus sayyohlarning yuqorida nomi tilga olingan mamlakatlarni tanlashida qisqa muddatli uchish va vizasiz rejim imkonlariga ham e’tibor berganligini ta’kidladi.  



Aloqador xabarlar