Turkiyaning tsitrus mahsulotlari eksportida ortish kuzatildi

Turkiyaning yangi meva va sabzavotlar eksporti tarmog’ida eng ko’p eksport qilingan mahsulot bu tsitrus mevalaridir.

Turkiyaning tsitrus mahsulotlari eksportida ortish kuzatildi

Turkiyaning yangi meva va sabzavotlar eksporti tarmog’ida eng ko’p eksport qilingan tsitrus mahsulotlarida kuzatilgan sifat va standartlar bilan birga ayniqsa Yevropa davlatlariga bo’lgan eksport miqdorida ortish kuzatildi.  

Ob-havoning sovub ketishi bilan birgalikda tsitrus mahsulotlariga bo’lgan talab ortar ekan mahsulot noyabr oyida eng ko’p Rossiyaga eksport qilindi. Natijada roppa-rosa 165 tonnalik eskportdan 77 million 327 ming dollarlik daromad qo’lga kiritildi.

Oxirgi vaqtlarda kuzatilgan sifat bilan birga Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarga bo’lgan eksport miqdori ham ortdi.  

Italiya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Polsha, Ruminiya va Chexiyaga bu yilning noyabr oyida 43 ming 747 tonna mahsulot eksport qilinar ekan undan 22 million 700 ming dollar daromad qo’lga kiritildi.

O’tgan yilning noyabr oyida Italiyaga 815 tonna tsitrus mevalari eksport qilinar ekan bu yil uning miqdori 74 foizga ortdi. Bu orqali yilning shu davrida 1417 tonna eksport yo’lga qo’yilib, undan 787 ming 413 dollarlik daromad olindi. Eksport tarmog’ida Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlardan eng ko’p Italiyada ortish kuzatildi.  

Yana o’tgan 2017-yilning noyabr oyida Bolgariyaga 6 222 tonnalik mahsulot eksport qilinar ekan undan 4 million dollarlik daromad qo’lga kiritilgan. Bu yil Bolgariyaga bo’lgan eksportda 63 foizlik ortish kuzatilar ekan unda 10 172 tonnalik mahsulot sotildi. Natijada 5 million 485 ming dollar daromad topildi.  

Aytib o’tish joizki Niderlandiyada 50, Polshada 49, Ruminiyada 37, Germaniyada 26, Chexiyada 17 va Buyuk Britaniyada 6 foizlik ekport ortishi kuzatildi.



Aloqador xabarlar