Turkiyaning yangi vertolyoti osmonda, “Gökbey” degan nom bilan xizmat qiladi

Turkiyaning yangi vertolyotining mamlakat ehtiyojlaridan tashqari xalqaro bozorlarda ham o’rin olishi kutilmoqda.

Turkiyaning yangi vertolyoti osmonda, “Gökbey” degan nom bilan xizmat qiladi

Turkiyaning yangi T625 rusumidagi vertolyoti osmonda, “Gökbey” degan nom bilan xizmat qiladi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, “Beshtepe Xalq majlisi va madaniyati markazi”da uyushtirilgan Turk Mudofaa sanoati sammitida Turkiyaning yangi T625 rusumidagi vertolyotining nomini “Gökbey” deb ataganligini ma’lum qildi.

Vertolyotning keng va yuqori mexnat unimdorligi yordamida mamlakat ehtiyojlarini ta’minlay olish bilan birga xalqaro bozorlarda ham o’rin olishi kutilmoqda.

Harbiy va tinch aholi foydalanuvchilarining ehtiyojlarini ta’minlashi ko’zda tutilgan mazkur vertolyot orqali personal tashish, uchuvchi mashqi, qidiruv va qutqaruv faoliyatlari, ichki xavfsizlik, chegara xavfsizligi, tez yordam, VIP tashish, o’rmonchilik, yong’inga qarshi kurash xizmatlari amalga oshiriladi.

Dvigatel prototipining bir yil ichida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: Gökbey , T625 , T625 rusumidagi vertolyot , Turkiya

Aloqador xabarlar