Turkiyaning Venesuelaga amalga oshirgan eksport hajmi 207 foiz oshdi

Venesuelaga 2017 yilning yanvar-noyabr oylarida Turkiyadan amalga oshirilgan eksport hajmi 36.7 mln dollarni tashkil qilar ekan, 2018 yilning ayni davrida bu raqam 207 foizga oshgan holda, 112.8 mln dollarga yetdi.

Turkiyaning Venesuelaga amalga oshirgan eksport hajmi 207 foiz oshdi

Turkiyaning Venesuelaga amalga oshirgan eksport hajmi 207 foiz oshgan holda, 112.8 mln dollarni tashkil qildi.

Egey eksportchilar uyushmasi koordinatori o’rinbosari Birol Jelep bu haqda ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Turkiya-Venesuela o’rtasidagi siyosiy yaqinlashuv ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarga ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Qolaversa, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning o’zaro ziyoratlari nafaqat siyosiy va madaniy jihatdan balki, tijoriy va savdo-iqtisodiy munosabatlar jihatidan ham ko’tarinki ruh bag’ishladi.

Venesuelaga 2017 yilning yanvar-noyabr oylarida Turkiyadan amalga oshirilgan eksport hajmi 36.7 mln dollarni tashkil qilar ekan, 2018 yilning ayni davrida bu raqam 207 foizga oshgan holda, 112.8 mln dollarga yetdi.

Bu yil Turkiyadan Venesuelaga don mahsulotlari, dukkakli mahsulotlar va yog’li urug’ mahsulotlari eksport qilindi. Bu eksport 56.5 mln dollarni tashkil qildi.

Shu bilan birga, 17 mln dollar hajmida transport vositalari va yengil sanoat mahsulotlari eksport qilindi.

Asosan, oziq-ovqat sektoridan Venesuelaga amalga oshirilgan eksport raqamlari 182 foizlik ortish bilan 73.2 mln dollarga oshdi.

Venesuela hozirda AQShning sanksiyalari va neft narxidagi barqarorsizlik tufayli murakkab iqtisodiy inqiroz davridan o’tmoqda.

“Siyosiy munosabatlardagi yaqinlashuvning eksportimizga qo’shgan hissasi kelgusi jarayonda yanada oshadi degan umiddamiz”,-deydi Egey eksportchilar uyushmasi koordinatori o’rinbosari Birol Jelep.

 


Tanlangan kalimalar: eksport , Turkiya , Venesuela

Aloqador xabarlar