Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Turkiyaga 39153 nafar sayyoh kelgan

Turkiyaning turistik shaharlaridagi portlarga yilning dastlabki 10 oyi mobaynida xorij mamlakatlardan jami 247ta kema kelib to’xtagan.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Turkiyaga 39153 nafar sayyoh kelgan

 

Turkiyaning turistik shaharlaridagi portlarga yilning dastlabki 10 oyi mobaynida xorij mamlakatlardan jami 247ta kema kelib to’xtagan. Bulardan 145 nafari Kushadasi portiga kelgan.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida Turkiyadagi 11 ta portga 247 nafar o’ta hashamatli lyuks kemalar kelgan.

Ushbu kemalarda kelgan sayyohlar soni 39153 nafarni tashkil qiladi, portdan jo’nab ketgan sayyohlar soni 45831 nafar, tranzit yo’lovchilar soni esa 125102 nafarni tashkil qiladi.

Hashamatli kruiz kemalarning 58.7 foizi Aydin viloyati Kushadasi tumanidagi portga kelib to’xtagan.

Yanvar-oktyabr oylarida Kushadasi portiga sayyohlarga to'la 145 ta kruiz kemasi kelgan.

Ushbu davr mobaynida kelgan sayyohlar, ketgan sayyohlar va tranzit yo’lovchilar soni jihatidan eng gavjum port yana Kushadasi bo'ldi.

Kushadasi portiga 10392 yo’lovchi keldi, 17130 yo’lovchi jo’nab ketdi, tranzit yo’lovchi soni esa 90896 nafarni tashkil qildi.

 


Tanlangan kalimalar: kruiz , Kushadasi , sayyoh , Turkiya

Aloqador xabarlar