Kun tahlili 47-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turk oqimi loyihasi haqida so’z qilamiz.

1093237
Kun tahlili 47-qism

Yaqinda Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning ishtirokida Turk oqimi tabiiy gaz guvir liniyasining dengizdan o’tgan qismi tamomlandi. Istanbulda uyushtirilgan marosimda nutq so’zlagan liderlar ikkala mamalakat o’rtasidagi rivojlangan hamkorlikni ta’kidlab o’tdilar. Turk oqimi loyihasi, Turkiyaning energetika markaziga aylanishi yo’lida muhim qadam hisoblanmoqda. Chunki Ozarbayjon gazini Turkiyaga, keyinroq esa Yevropaga tashishi rejalashtirilgan TANAP, Iroq neftini dunyoga yetkazib bergan Jeyhan liniyasi bilan birga Turkiyaning energetika siyosati jihatidan tashlagan shaxdam qadamlari yordamida borgan sayin o’z o’rinini mustahkamlamoqda.

Bundan 4 yil muqaddam yani 2014-yilning dekabr oyida Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin tomonidan taklif qilingan Turk oqimi loyihasi, Rossiyaning Anapa shahridan boshlab roppa-rosa 930 kilometrgacha Qora dengizdan o’tadi va Istanbulning g’arbidagi “Kiyikoy”ga yetib keladi. Nomi Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan berilgan loyihaning uzunligi, 1100 kilometrni tashkil etadi. Turk oqimi bir-biriga parallel ikki boshqa liniyadan iborat. Ulardan biri, 1 yilda 15.75 milliard kub metrlik tabiiy gaz hajmi orqali Turkiyaning energiyaga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydi to’g’rirog’i ta’minlashi kutilmoqda. Ikkinchi liniyasi esa keyingi bosqichda Yevropa tomon yo’l oladi, to’g’rirog’i shunday rejalashtirilmoqda. Bu orqali jami 31.5 milliard kub metr tabiiy gazning Turk oqimi orqali yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda.

Kremlning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham ba’zi mamlakatlarning Turk oqimi loyihasiga qo’shilish niyatida ekanliklarini belgilab o’tgan holda, tabiiy gaz quvir liniyasining 5 ta liniya orqali Yevropaning 5 boshqa davlatiga yetkazilishi mumkinligini ifoda etdi. Shu doirada Serbiyaning Energetika vaziri Antich, mavzu haqida bergan bayonotida, Turk oqimi loyihasi Serbiyagacha yetib borgudek bo’lsa unda Yevropaning energetikaga bo’lgan ehtiyoji butunlay ta’minlanishi mumkinligini qayd etgan edi. Antich, “10-15 milliard kub metr rus gazining Turkiya orqali Bolgariya, Serbiya, Vengriya va Avstriyaga yetib borish ehtimoli, energetikaga bo’lgan ehtiyojning ta’minlanishi jihatidan jiddiy imkon hisoblanadi. Loyiha, gaz savdosining va gazga tayangan iqtisodiyotning rivojlantirilishi uchun imkon yaratmoqda. Nomi tilga olingan davlatlar, Turk oqimi loyihasiga qo’shilish orqali gaz tranzitidan muhim daromad ham qo’lga kiritadi” degan ifodalarga o’rin bergan edi.

Boshqa jihatdan olib qaraganda Turk oqimi loyihasining Turkiyadan tashqari boshqa yo’l orqali Yevropaga yetkazib berish masalasiga hali hanuz aniqlik kiritilgani yo’q. Ayniqsa Gretsiya va Bolgariya o’rtasida bir raqobat bor. Gretsiya Bosh vaziri Aleksis Tsipras Turk oqimining Gretsiya orqali o’tishini xohlaganligini ta’kidlagan holda, “Turk oqimining Gretsiyadan o’tishi uchun Bryusselda faol faoliyat olib bormoqdamiz” dedi.

“Turk oqimi” Turkiyani energiya markazi bo’lish yo’lida shaxdam qadamlar tashlashiga yo’l ochar ekan, boshqa jihatdan ham Rossiyaning to’g’ridan-to’g’ri Bolqon davlatlariga tabiiy gaz eksport qilishini ta’minlamoqda. O’tmishda ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlar bir necha tarmoqda rivojlandi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an ortgan iqtisodiy hamkorlikka e’tibor qaratgan holda, ikki mamlakat sifatida 100 milliard dollarlik savdo hajmiga erishish niyatida ekanliklarini belgilab o’tdi. Shu bilan birga rus matbuoti ham Putin va Erdo’g’an o’rtasidagi uchrashuvlarga e’tibor qaratib, ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatning mustahkaligini ta’kidladi.

Turkiya va Rossiya o’rtasidagi munosabatlar ayniqsa energetika siyosati jihatidan olib qaraganda mustahkam bo’lishiga yoki bolishi davom etishiga qaramay haligacha muhim muammolar mavjud. Rossiyaning Qrimni o’z tarkibiga qo’shib olishi, Ukrainada davom etgan urush, Rossiyaning qrim tatarlariga bo’lgan munosabati va Suriyadagi turli vaziyatlar o’zaro munosabatlarda hal qilinishi kerak bo’lgan masalalardandir. Ayniqsa, ikkala mamlakat Suriyada qanchalik Ostona jarayoni va Sochidagi kelishuv yuzasidan birgalikda faoliyat olib borishga harakat qilishiga qaramay ba’zi asosiy yondashuvlar turli muammolarni yaratmoqda.  

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 

 

 



Aloqador xabarlar