AQSh sanksiyalari yuzasidan Eronda dori-darmon muammosi paydo bo’lishi mumkin

Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalar yuzasidan Eronda nafaqat oziq-ovqat balki dori-darmon tarmog'ida ham muammolar paydo bo’lishi mumkin.

1085621
AQSh sanksiyalari yuzasidan Eronda dori-darmon muammosi paydo bo’lishi mumkin

Eron majlisi Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat komissiyasi raisi Hashmatulloh Felahetpishaning qayd etishicha Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalar yuzasidan mamlakatda oziq-ovqat va dori-darmon muammosi paydo bo’lishi mumkin.

Eronlik talabalar axborot agentligiga intervyu bergan Felahetpisha AQSh Davlat kotibi Mike Pompeoning, “Agar eronlik yetakchilar o’z xalqining ovqatlanishini xohlasa unda AQShga quloq solishi kerak” degan so’zlarini baholadi.

AQSh o’z sanksiyalari orqali Eronning kuchini zaiflatishni nishonga olganligini lekin buning Eron xalqining birlik va birdamligini yana-da mustahkamlashini ifoda etgan Hashmatulloh Felahetpisha,

“Dori-darmon tarmog’idagi muammolar hozirdan boshlab saraton va surunkali kasalliklarga qarshi foydalaniladigan dorilarda boshladi. Eronda dorilarning 90 foizi ishlab chiqariladi. Ularning faqatgina 5 foizdan boshlab 10 foizgacha bo’lgan miqdori chet eldan import qilinadi. Bank tizimidagi sanksiyalar yuzasidan dori-darmon va oziq-ovqat tarmog’ida muammolar paydo bo’lishi mumkin” dedi.

Vashington boshqaruvining nomi tilga olingan tashabbuslari orqali Eron xalqini o’z davlatidan ajratishni nisonga olganligini eslatgan Hashmatulloh, AQShning bu niyatiga erisholmasligini ifoda etdi.

AQShning Eron masalalari bo’yicha maxsus vakili Brian Hook esa sanksiyalardan maqsad Eron xalqi emas rejim ekanligini va shuning uchun ham dori-darmon, sog’likni saqlash va oziq-ovqat tarmog’iga nisbatan sanksiya kiritmaganliklarini qayd etgan edi.



Aloqador xabarlar