Al-G’animning, “Turkiya banan respublikasi emasdir” degan so’zlari Quvaytda keng aks-sado berdi

Quvayt Davlati Milliy majlisi raisi Marzuk al-G’animning, “Turkiya banan respublikasi emasdir” degan so’zlari Quvaytda keng aks-sado berdi.

Al-G’animning, “Turkiya banan respublikasi emasdir” degan so’zlari Quvaytda keng aks-sado berdi

Quvayt Davlati Milliy majlisi raisi Marzuk al-G’animning Turkiyaning Antaliya viloyatida uyushtirilgan Yevroosiyo Majlis raislarining navbatdagi yig’ilishida aytgan, “Turkiya banan respublikasi emasdir” degan so’zlari Quvaytda keng aks-sado berdi.   

Quvayt gazetalari Majlis raisi Marzuk al-G’animning, “Turkiya iqtisodiyotini nishonga olgan rejalarning muvaffaqiyatga erisholmasligi” haqidagi bayonotlarini kitobxonlariga birinchi sahifalari orqali yetkazdi.

Mamlakatning eng nufuzli gazetalaridan biri “Er-Ray” mazkur xabarni “G’anim: Turkiya banan respublikasi emasdir va inqirozni albatta yengadi” degan sarlavha bilan qalamga olar ekan, “Es-Siyase” gazetasi esa “G’anim: Turkiyaga qarshi iqtisodiy urush ochganlar muvaffaqiyatli bo'lomaydi” degan sarlavhalar bilan chiqish qildi.

“En-Nehar” gazetasi ham bu haqidagi ma’lumotga birinchi sahifasidan o’rin berar ekan, “G’anim: Turkiya banan respublikasi emasdir. Iqtisodiy urush xohlaganlar muvaffaqiyatli bo’lolmaydi” degan sarlavha bilan tarqatdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Binali Yildirimning mezbonligida tunov kuni Antaliyada uyushtirilgan Yevroosiyo Majlis raislarining navbatdagi yig’ilishida so’zlagan Quvayt Majlis raisi G’anim,

“Ochiq oydin Turkiyani nishonga olgani haqida gapirgan va Turkiyaga ma’lum shartlar qoyib oyoq tiraganlar bor. Turkiyaga qarshi iqtisodiy urush ochganligini suyunchilaganlarga, Turkiyaning iqtisodiy jihatdan cho’kishini xohlaganlarga shuni aytmoqchimanki: Muvaffaqiyatga erisholmaysiz. Turkiya banan respublikasi emasdir” degan ifodalarga o’rin bergan edi.

G’anim shuningdek, Turk yetakchilari bilan xalqi duch kelgan barcha iqtisodiy muammolarni yengib o’tishiga ishonchi komil ekanligini qayd etgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar