• Video galereya

"Turkish Cargo" bu gal yovvoyi hayvonlarning eng yirtqich turlarini tashidi

Dunyoning 122 ta davlatiga xizmat qilgan va eng jadal rivojlanib, yuk tashish brendiga aylangan "Turkish Cargo", bu gal yovvoyi hayvonlarning eng yirtqich turlarini tashidi.

"Turkish Cargo" bu gal yovvoyi hayvonlarning eng yirtqich turlarini tashidi

"Turkish Cargo" to’rtta yo’lbars, uchtadan arslon va chita, ikkita silovsin va pumani Chexiya poytaxti Pragadan Istanbulga xavfsiz ravishda olib keldi.

Turk Havo yo’llari Matbuot xizmati tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra dunyoning 122 ta davlatiga xizmat qilgan va eng jadal rivojlanib, yuk tashish brendiga aylangan "Turkish Cargo" bu gal yovvoyi hayvonlarning eng yirtqich turlarini tashidi.

Tirik hayvon tashish xizmatiga alohida e’tibor berib, buning uchun osmonda tabiiy muhitga yaqin shart-sharoit yaratgan "Turkish Cargo", Chexiyadagi “Biopark ŠTÍT” deb nomlangan tabiiy yashash sharoitini qo’llab-quvvatlash va uni ko’paytirish markazidan olingan tirik hayvonlarni, muvaffaqiyatli ravishda Istanbulga olib keldi.

Parvoz chog’ida yirtqich hayvonlarni jonivorlarni boquvchilar, veterinarlar hamda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining hayvon tashish bo’yicha sertifikatiga ega “Turkish Cargo” xodimlari kuzatib keldi.

Yovvoyi hayvonlarning noqonuniy savdosiga to’siqlik qilish va bu masalada tarmoqdagi xabardorlikni oshirish maqsadida 2017-yili "United For Wildlife Buckingham Palace Declaration (UFW)" deklaratsiyasini tasdiqlagan THY, tirik hayvon tashish jarayonlariga va hayvon huquqlariga bergan ahamiyatini o’rtaga qo’ygan edi.



Aloqador xabarlar