Turkiyaning Mudofaa tarmog'idagi Milliy loyihalar 4-qism

Turkiyaning milliy kamikadze uchuvchisiz havo vositalari.

Turkiyaning Mudofaa tarmog'idagi Milliy loyihalar 4-qism

Turkiya AQShdan terrorizmga qarshi kurashda harbiy hujum uchun mo’ljallangan dronlarni xarid qilib olmoqchi lekin AQSh bunga imkon bermayapdi. Shuning uchun ham Turkiya bugungi kunda milliy kamikadze uchuvchisiz havo vositalaridan Alpagu va Kargu dronlarini va nazorat qilish maqsadida esa Toganni ishlab chiqarishni va foydalanishni boshladi.  

Turkiya oxirgi yillarda mudofaa tarmog’ida ishlab chiqargan yangi milliy mahsulotlari bilan dunyo e’tiborini o’ziga qaratmoqda. Kino tarmog’ida sahnani havodan tasvirga oladigan kameralarni tashiguvchi dronlarning bugungi kunda bir necha tarmoqda keng ko’lamli olaroq foydalanilganligi hammaga ma’lum. Shu doirada terrorizmga qarshi kurashda muhim imkoniyatlarga ega bo’lgan dronlarni yoki uchuvchisiz havo vositalarini biz o'z imkonlarimiz bilan ishlab chiqarmoqdamiz.

Yuqorida ham aytib o'tganimizdek terrorizmga qarshi kurashda harbiy hujum uchun mo’ljallangan dronlarni Turkiya AQShdan xarid qilib olmoqchi bo’ldi lekin AQSh bunga imkon bermadi. AQShning terrorizmga qarshi kurashda katta ijobiy hissa qo’shadigan bunday mahsulotlarni strategik sherigi bo’lgan Turkiyaga sotmasligiga to’g’risi hayron bo’ldik. Lekin Turkiya buni fursatga aylantirib, mahalliy dronlarni ishlab chiqardi va hatto foydalana ham boshladi. Turkiya milliy mahsulotini, o’z inson resurslari va mahalliy imkonlari bilan seriyalab ishlab chiqara boshladi. Hatto bu mahsulotlarni olish uchun dunyoning turli davlatlaridan talablarning ham kela boshlashi esa Turkiyaning bu boradagi muvaffaqiyatining muhim nuqtalaridan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Turkiya dunyoda bunday “kamikadze uchuvchisiz havo vositalari” ishlab chiqara olgan 3 davlatdan biriga aylandi. 

Turkiya uchuvchisiz havo vositalari texnologiyasida ancha ilgariladi. Turkiyaning samodagi yangi askarlari deya tilga olina boshlagan “kamikadze uchuvchisiz havo vositalari” seriyaviy ravishda ishlab chiqarilib, xavfsizlik kuchlari tomonidan foydalanila boshladi. Shunday ekan Mudofaa texnologiyalari muhandislari tomonidan milliy qurol sifatida ishlab chiqarilgan uchuvchisiz havo vositalari haqida gapiraylik. Ulardan biri ALPAGU, ikkinchisi KARGU va uchinchisi TOGANdir.  STM (Mudofaa texnologiyalari muhandislik va savdo A.Sh) TQK (Turk Qurolli kuchlari) va Mudofaa sanoati kengashchilariga (SSM)  tizimni boshqarish, texnik yordam, loyihalarni boshqarish, texnologiyalarni uzatish kabi vazifalarini bajarishi uchun Mudofaa sanoati Ijroiya qo’mitasi qarori bilan tashkil topdi.

Turkiyaning birinchi milliy kamikadze va nazorat qiluvchi uchuvchisiz havo vositalari 2017-yilning noyabr oyidan e’tiboran Maxsus topshiriqli kuchlar qo’mondonligiga va Harbiy-dengiz kuchlari qo’mondonligiga topshirila boshlagan edi. Milliy kamikadze uchuvchisiz havo vositasi Kargu, Suriyaning Afrin tumanidagi “Zaytun novdasi” amaliyotida foydalanildi. O’zidan qochgan 5 kishilik terror guruhini kuzatgan Kargu, PKK terror tashkiloti eng ko’p yaqinlashgan nuqtada portlash orqali nishonga olingan guruhni yo’q qilgan. Kargu orqali maxsus kuch xodimi, terroristlarni 5 kilometr uzoqdan turib yo’q qilgan. Afrindan keyin bugungi kunda Qandildagi terroristlarning qorqinchli tushiga aylandilar. 

ALPAGU

Milliy dronlar bugungi kunda assimetrik urush va terrorizmga qarshi kurash amaliyotlarida eng kuchli kurash vositalaridan biri hisoblanadi. ALPAGU “Yolg’iz boshiga dushmanga qarshi hujum qilgan yigit” degan ma’noni anglatadi. Bir askar tomonidan tashilish xususiyatiga ega. Nishonlarni aniqlab, dushman unsurlarini yo’q qilish imkoniga ega. 

Ishlab chiqargan firmaga ko’ra ba’zi texnik xusisiyatlari quyidagicha: Kashfiyot, nazorat va kichik tahdidlarni yo’q qila olgan, qanoti siljimaydigan milliy hujumchi vositadir.   

KARGU

Kargu, “tog’dagi nazorat qal’asi” degan ma’noni anglatadi. Qanoti aylanadigan “kamikadze qurolli dron” degan nom bilan ham ma’lum. Ishlab chiqargan firmaga ko’ra Karguning ba’zi texnik xususiyatlari bor. Ular: avtonom yoki avtomatik ravishda uzoqdan boshqarilish xususiyatiga ega.

Shuningdek qanoti aylanadi. Tizimi: “Hujum qiluvchi, aylanuvchi qanoti bor uchuvchisiz havo vositasi (VIKA)” va  “Yerni nazorat qilish nuqtasi” komponentlaridan tashkil topgan. Kargu, kecha va kunduz amaliyot qilish kuchiga ega. Turli o'q-dori turlari bilan har qanday vaziyatda nishonga yo’nalish imkoni bor. O’z-o’zini yo’q qila olish qobiliyatiga ega.   

TOGAN

Togan, o’z nomini o’tkir ko’zlari orqali mahoratli kuzatish ishlari olib bora olgan, kuchli qanotlari bilan uchgan qush turi “togan" yoki "sapsan” dan olgan. Ishlab chiqargan firmaning qayd etishicha Toganning ba’zi texnik xususiyatlariga ko’ra u umumiy olib qaraganda kashfiyot va nazorat ishlariga mo’ljallangan. Asl vazifani rejalashtirish dasturi, erkin fikr va harakat qilish qobiliyatlari eng e’tiborli xususiyatlaridir. Togan avtonom yoki uzoqdan boshqarila oladigan va bir kishi tomonidan tashila oladigan, foydalanila oladigan qanoti ko'p tomonli aylanadigan milliy uchuvchisiz havo vositasidir.

Bu milliy uchuvchisiz havo vositalarimiz terroristlarga qochish imkoni bermayapdi. Terroristlarni eng kichik nuqtadan ham yo'q qilish xususiyatiga egadir. Alpagu va Karguning tayyorgarlik ko'rish muddati hatto 1 daqiqa ham olmaydı. O’z ustida antipersonel o'q-dorilar tashigan holda, ko’zlangan nuqtaga hujum qilib, bir soatda 120-140 kilometrlik tezlikka yetadi. Ustidagi o'q-dorilar 20 kvadrat-metrdagi ko’zlangan barcha nuqtalarni yo’q qilmoqda. Turkiya, o’zi ishlab chiqargan mazkur milliy mahsulotlari orqali kurash olib borgan barcha terror tashkilotining qorqinchli tushiga aylanishni davom ettirmoqda.

      


Tanlangan kalimalar: Togan , Kargu , Alpagu

Aloqador xabarlar