Albayrak dunyo investorlari bilan telekonferentsiya orqali uchrashuv o'tkazmoqchi

G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak Turkiyadagi oxirgi iqtisodiy vaziyatni telekonferentsiya orqali chet ellik investorlar bilan qo'lga oladi.

Albayrak dunyo investorlari bilan telekonferentsiya orqali uchrashuv o'tkazmoqchi

G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak 16-avgust 2018-yil haftaning payshanba kuni chet ellik investorlar bilan telekonferentsiya orqali uchrashuv o’tkazadi.

Vazirlikdan shu haqida olingan ma’lumotga ko’ra mazkur konferentsiya Turkiya vaqti bilan soat 16:00 da, New York vaqti bilan 09:00 da boshlaydi.

Chet ellik investorlar bilan birinchi marotaba telekonferentsiya orqali uchrashuv o’tkazadigan Albayrak ular bilan mamlakatning iqtisodiy tarmog’idagi oxirgi vaziyat haqida to’g’ridan-to’g’ri gaplashadi.

Telekonferentsiyada Amerika Qo’shma Shtatlari, Yevropa va Yaqin Sharqdagi investorlar bosh bo’lish bilan birga dunyo bo’ylab 750-1000 kishining ishtirok etishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar