Eron neft bahosini pasaytirdi

“Haridorlarga qulay sharoitlar yaratish barcha neft eksportchilari tomonidan amalga oshirilgan global faoliyatlarning bir bo’lagidir”,-dedi Eron neft vazirligi vakili.

1032031
Eron neft bahosini pasaytirdi

Eron neft bozoridagi talablarni va boshqa neft eksport qilgan mamlakatlarning chegirimlarini hisobga olgan holda neft bahosini pasaytirdi.

Eron neft vazirligi vakili bu haqda IRNA rasmiy xabar agentligiga intervyu berdi.

“Haridorlarga qulay sharoitlar yaratish barcha neft eksportchilari tomonidan amalga oshirilgan global faoliyatlarning bir bo’lagidir”,-dedi Eron neft vazirligi vakili.

Eronlik vakil qancha miqdorda chegirim joriy etilganligi haqida batafsil ma’lumot bermadi, biroq ba’zi matbuot organlaridagi iddaolarga ko’ra, Eron avgust oyidan e’tiboran neft savdosida 60 yoki 80 sent chegirim joriy etgan.

Eron kundalik taxminan 2 mln 200 barril xom neft eksportining yarmini Xitoy va Hindistonga, 25%ini Yevropa davlatlariga, bir qismini esa Janubiy Koreya va Yaponiyaga amalga oshirmoqda.

Eslatma: AQShning 5 noyabrda kuchga kiradigan Eronga nisbatan sanksiyalari tufayli Janubiy Koreya va Yaponiya Erondan neft importini to’xtatgan edi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #neft bahosi , #AQSh , #sanksita

Aloqador xabarlar