Yunonistonda ishsizlik nisbati pasaydi

Ma'lumotga ko'ra, may oyida ishsizlar soni 18029 kishiga kamaydi. Shuningdek, ishsizlar soni 942970dan 924941 kishiga tushdi.

Yunonistonda ishsizlik nisbati pasaydi

Yunonistonda ishsizlik nisbati 2018 yilning may oyida bir oy oldingiga nisbatan 0.5 bal pasaydi.

2012 yildan buyon birinchi bor 20%dan pasaygan holda, 19.5%ni tashkil qildi.

Bu haqda Yunoniston statistika tashkiloti ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, may oyida ishsizlar soni 18029 kishiga kamaydi. Shuningdek, ishsizlar soni 942970dan 924941 kishiga tushdi.

Ayni davrda ishchi kuchi avvalgi oyga nisbatan 1.3% oshgan holda, 3 mln 824 ming 393 ga ko'tarildi.

Mamlakatda iqtisodiy faoliyati bo'lmagan 3 mln 230 ming 269 kishi borligi aniqlandi.

Yunonistonda ishsizlik nisbati 28%ga yaqinlashgan 2003 yildan buyon birinchi bor pasayish kuzatilgan bo'lsa ham, Eurostat ma'lumotlariga ko'ra, evro hududida eng yuqori ko'rsatgichda qolmoqda.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: ishsizlik , Yunoniston

Aloqador xabarlar