Turkiya tashqi savdosining yirik qismi, dengiz tashish vositalari orqali amalga oshirilgan

Joriy yilning birinichi yarmida Turkiyaning eksporti o’tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 6.3 foizlik ortish bilan 82.2 milliard AQSh dollariga yetgan.

1026519
Turkiya tashqi savdosining yirik qismi, dengiz tashish vositalari orqali amalga oshirilgan

Joriy yilning birinichi yarmida Turkiyaning eksporti o’tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 6.3 foizlik ortish bilan 82.2 milliard AQSh dollariga yetar ekan, tashqi savdoning yirik qismining dengiz tashish vositalari orqali amalga oshirilganligi kuzatildi.

Dengiz tashish vositalari orqali amalga oshirilgan eksportning mazkur tarmoqdagi ulushining yalpi miqdori 63.1 foizni tashkil etganligi aniqlandi.

Tashqi savdoda dengiz yo’lidan keyingi o’rinda avtomobil yo’lidan foydalanilganligi ma’lum bo’ldi.

Eksportning 28.3 foizi avtomobil yo’li; 7.4 foizi havo yo’li; 0.4 foizi temir yo’li va 0.7 foizi boshqa yo’llar ustidan amalga oshirilgan.  

Joriy yilning yanvar-iyun oyi davrida eksport tarmog’ida dengiz yo’lidan foydalanganlar soni o’tgan yilning shu davriga solishtirganda 16.7 foiz ortgan holda 44.5 milliard AQSh dollardan 51.9 milliard AQSh dollariga chiqdi.  

Avtomobil yo’li ustidan qilingan eksport 4.5 foizlik ortish bilan 23.3 milliard AQSh dollariga chiqar ekan havo yo’li orqali qilingan eksport 30 foizlik kamayish bilan 6.1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Temir yo’li orqali qilingan eksport 16.2 foizlik kamayish bilan qariyb 300 million AQSh dollarini tuzdi.  

Mazkur davrda import tarmog’idagi dengiz yo’lining ulushi 59.5; avtomobil yo’lining ulushi 16.2; havo yo’lining ulushi 14.3; temir yo’lining ulushi esa 0.5 foiz ekanligi kuzatildi.  

 

 

 

 



Aloqador xabarlar