Rossiyaning Qizil dengizda neft qidirishi rejalashtirilmoqda

Sudan Qizil dengizda borligi tahmin qilingan tabiiy gazning o’rtaga chiqarilishi uchun rus firmasi bilan shartnoma tuzdi.

Rossiyaning Qizil dengizda neft qidirishi rejalashtirilmoqda

Sudan Qizil dengizda borligi tahmin qilingan tabiiy gazning o’rtaga chiqarilishi uchun rus firmasi bilan shartnoma tuzdi.  

Hukumat tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra hay’atlarning Sudan Neft va tabiiy gaz vaziri Ezheri Abdulqodir va  Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Dmitriy Kobilken yetakchiligida poytaxt Hartumda uchrashganligi qayd etildi.

Shartnomaga ko’ra Rossiya firmasi “Ross Geology”, Sudan bilan maslahatlashib Qizil dengizda tabiiy gaz qidiruv faoliyatlari olib boradi.  

Neft qidirish ishlarining qachon boshlashi haqida hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi.

Sudan Neft va tabiiy gaz vaziri Ezheri Abdulqodir mavzu haqida bergan bayonotida,

“Qizil dengiz, mamlakatning markaziy nuqtasida hisoblanadi. Port Sudan shahrida neft va tabiiy gaz qidirish va ularni topish uchun kerakli faoliyatlarni boshlatmoqdamiz” dedi.   

Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Dmitriy Kobilken ikki kunlik tashrif doirasida Sudanga borar ekan Prezident O’mer al-Bashir bosh bo’lish bilan birga bir necha vazir bilan o’zaro uchrashuvlar o’tkazdi.

Sudan davlati Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan 20 yil muqaddam kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarning oktabr oyida bekor qilinishi ortidan energiya manbaalarini topish uchun Turkiya bosh bo’lish bilan birga dunyoning bir necha davlati bilan mushtarak shartnoma tuzmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar