• Video galereya

Rossiya neft ishlab chiqarish bo'yicha Saudiya Arabistonidan o'tib ketdi

Rossiya may oyida kuniga taxminan 10.6 mln barril neft ishlab chiqargan holda Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi.

Rossiya neft ishlab chiqarish bo'yicha Saudiya Arabistonidan o'tib ketdi

Rossiya may oyida kuniga taxminan 10.6 mln barril neft ishlab chiqargan holda Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi.

Bu haqda Rossiya Federal statistika xizmati Rosstat ma’lum qildi.

“May oyida kundalik taxminan 10.6 mln barril neft ishlab chiqargan Rossiya may oyida kunda taxminan 9.99 mln barril neft ishlab chiqargan Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi”,-deyiladi ma’lumotda.

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti OPECga a’zo mamlakatlar may oyida jami 31.9 mln barril neft ishlab chiqarar ekan, buning taxminan 4.5 mln barrili Iroqqa tegishli.

Neftning Rossiyaning jami eksportidagi hissasi joriy yilning yanvar-may oylarida 28%ni tashkil qilar ekan, may oyida neftning eksport narxi tonnasi 508 dollarga yetdi.

OPECning ishlab chiqarish cheklovi shartnomasiga qo’shilgan mamlakatlar 23 iyunda Avstriyaning poytaxti Venada o’tkazilgan yig’ilishda neft ta’minotini kunda 1 mln barrilga oshirish xususida kelishib olgandi.

Rossiya qayta yangilangan shartnoma asosida neft ishlab chiqarishni kunda 200 ming barrilga oshirishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: neft , Saudiya Arabistoni , Rossiya

Aloqador xabarlar