G-20 tarkibidagi davlatlarning vakillari Argentinada yig'ilish o'tkazmoqda

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo’lgan 20 ta davlatning moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari yig’ilishi Argentina poytaxti Buenos Airesda boshladi.

1016780
G-20 tarkibidagi davlatlarning vakillari Argentinada yig'ilish o'tkazmoqda

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo’lgan 20 ta davlatning moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari yig’ilishi Argentina poytaxti Buenos Airesda boshladi.

Dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo’lgan 20 ta davlatning moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlarini Argentina poytaxti Buenos Airesda uchrashtirgan yig’ilish ikki kun davom etadi.

Mazkur yig’ilishda Turkiya nomidan G’aznachilik va Moliya vaziri Berat Albayrak bilan Markaziy bank raisi Murat Chetinkaya ishtirok etar ekan katta yigirmatalik davlatlarining vakillari bilan birga Xalqaro Valyuta jamg’armasi, Jahon banki va Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilot vakillari ham ishtirok etadi.

Yig’ilishning birinchi kunida ishtirokchilar tomonidan matbuotga yopiq ravishda o’tkaziladigan uchrashuvlar bilan birga Argentinaning G’aznachilik vaziri Nicolas Dujovne va Xalqaro Valyuta jamg’armasi raisi Christine Lagarde matbuot anjumani uyushtiradi.

Shu bilan birga moliya vazirlari va markaziy bank raislari yig’ilish yakunida “G-20 Oila fotosurati” syomkalarida ishtirok etadi.

Dunyo iqtisodiyotining 85 foiziga ega bo’lgan katta yigirmatalikning vakillarini AQSh Prezidenti Donald Trumpning Yevropa ittifoqi, Kanada, Meksika va Xitoy doxil bir necha mamlakatni nishonga olgan bojxona soliqlari va “qasosga qasos bilan javob berish” tushunchasi ortidan birinchi marotaba uchrashtirgan yig’ilishning eng asosiy kun tartibi moddasining avj olgan savdo tarangligi bo’lishi kutilmoqda.

Bunga qo’shimcha sifatida kripto pullar, soliq solish va sun'iy zehn chog’ida bandlik kabi masalalarning ham yig’ilishning kun tartibi moddalari ro’yhatida o’rin olishi mumkin.

Bu yil G-20 davriy rahbarligini olib borgan Argentina esa eng avvalo “"Ish hayotining kelajagi", "rivojlanish uchun infrastruktura investitsiyalari" va "barqaror oziq-ovqat kelajagi" ekanligini qayd etgan edi.



Aloqador xabarlar